Mavzu: “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish Reja: 1


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana30.08.2020
Hajmi0.66 Mb.
#128127
1   2   3   4
Bog'liq
1-Мавзу

hisoblab  chiqarish  hamda  to‘lash  uchun  zarur  bo‘lgan  boshqa  hujjatlarning  tegishli  soliqlarni 

to‘lash  uchun  belgilangan  kalendar  yildan  keyingi  besh  yil  mobaynida  but  saqlanishini 

ta’minlashi;  

o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi 

yuridik shaxslaridagi  va chet  el  yuridik shaxslaridagi  ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi 

(ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart.  

Yuridik  shaxs  bo‘lgan  soliq  to‘lovchilar  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  nazarda 

tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining 

barcha  alohida  bo‘linmalari  to‘g‘risida  va  alohida  bo‘linmalarga  oid  ilgari  xabar  qilingan 

ma’lumotlaridagi  o‘zgarishlar  to‘g‘risida  alohida  bo‘linma  tashkil  etilgan  yoki  mazkur 

ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. 

Soliq  hisobotini  elektron  shaklda  taqdim  etish  majburiyati  yuklatilgan  shaxslar  soliq 

organlari  tomonidan  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  bilan  tartibga  solinadigan 

munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

organidan  telekommunikatsiya  aloqa  tarmoqlari  orqali  elektron  shaklda  olinishini  ta’minlashi 

kerak.  


Soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik 

shaxslari  ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  majburiyatlardan  tashqari,  ko‘chmas  mulk  ob’yekti 

turgan  joydagi  soliq  organiga  ushbu  chet  el  yuridik  shaxsining  ishtirokchilari  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik 

shaxs  tashkil  etmagan  holdagi  chet  el  tuzilmalari  ko‘rsatilgan  holatlarda  o‘z  muassislari, 

benefitsiarlari  va  boshqaruvchilari  haqidagi  ma’lumotlarni  xabar  qilishi  kerak.  Chet  el  yuridik 

shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko‘rsatilgan 

bir nechta mol-mulk ob’yekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar mol-

mulk ob’yektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  chegarasi  orqali  tovarlar  olib  o‘tilishi 

munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining 

bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi. 

Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham 

bo‘lishi mumkin. 

Quyidagilar vakolatli organlardir: 

soliq  organlari  —  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi,  Yirik  soliq 

to‘lovchilar  bo‘yicha  hududlararo  davlat  soliq  inspeksiyasi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, 

viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat 

soliq inspeksiyalari; 

bojxona  organlari  —  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo‘mitasi,  Davlat 

bojxona  qo‘mitasining  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahri  bo‘yicha 

boshqarmalari, «Toshkent — AERO» maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari; 

yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar. 

Soliq organlari quyidagilarga haqli: 

soliq  to‘lovchilardan  va  uchinchi  shaxslardan  soliqlarni  va  yig‘imlarni  hisoblab 

chiqarish  hamda  to‘lash  uchun  zarur  bo‘lgan  hujjatlar  va  ma’lumotlarni  (axborotni),  shu 

jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish;  

soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish; 

hududni,  ishlab  chiqarish,  omborxona,  savdo  binolarini  va  boshqa  binolarni,  shu 

jumladan  soliq  to‘lovchi  daromad  olish  uchun  foydalanadigan  yoki  soliq  solish  ob’yektlarini 

saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish; 

mol-mulkni  inventarizatsiya  qilish  va  bajarilgan  ishlar,  ko‘rsatilgan  xizmatlarning 

nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  kassani  va  tovar-moddiy  boyliklar  hamda 

hujjatlar  saqlanadigan  joylarni  ikki  kundan  ortiq  bo‘lmagan  muddatga,  ikki  kundan  ortiq 

muddatga esa, sud qarori bo‘yicha muhrlash; 

soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va elektron axborot 

jismlarini olib qo‘yish; 

foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa ma’lumotlarni olish; 

tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; 

soliq  to‘lovchi  hisob  hujjatlarini  yo‘qotgan  yoki  yo‘q  qilgan  hollarda  soliq  to‘lovchi 

to‘g‘risidagi o‘zida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash;  

o‘zaro  kelishuv  asosida  soliq  monitoringida  ishtirok  etayotgan  soliq  to‘lovchi 

tomonidan  soliq to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi,  soliqlarni  hisoblab  chiqarishning 

to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish; 

soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish; 

soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib  chiqish  va  moliyaviy 

sanksiyalar qo‘llash;  


 

Soliq va soliqlarga tortish 

soliq  huquqbuzarliklarining  aniqlangan  holatlari  bo‘yicha  tovar-moddiy  boyliklarni 

belgilangan  tartibda  davlat  daromadiga  o‘tkazish.  Yuridik  shaxs  bo‘lgan  soliq  to‘lovchilar  va 

yakka  tartibdagi  tadbirkorlarning  tovar-moddiy  boyliklarini  davlat  daromadiga  o‘tkazish  sud 

tartibida amalga oshiriladi;  

soliq  to‘lovchilarga  nisbatan  ular  tomonidan  noqonuniy  olingan  mablag‘larni  davlat 

daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga da’volar kiritish; 

hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish; 

soliq  to‘lovchilarni  va  soliq  agentlarini  yozma  bildirish  asosida  soliq  organlariga  ular 

tomonidan  soliqlarni  to‘lash  (ushlab  qolish  va  o‘tkazish)  yuzasidan  yoki  soliq  tekshiruvi  bilan 

bog‘liq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi  qonun hujjatlarining bajarilishi 

bilan bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;  

soliq  to‘lovchining  yoki  soliq  agentining  bankdagi  hisobvaraqlari  bo‘yicha 

operatsiyalarni to‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qo‘yish; 

soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq to‘g‘risidagi  qonun 

hujjatlarining  aniqlangan  buzilishlarini  bartaraf  etishni  talab  qilish  hamda  ushbu  talablarning 

bajarilishini nazorat qilish; 

majburiyatlarning banklar tomonidan bajarilishini nazorat qilish. 

Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Soliq organlari: 

soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi; 

soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi,  soliqlar  va  yig‘imlarning  to‘g‘ri 

hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;  

soliq  to‘lovchilar,  soliq  solish  ob’yektlari  va  soliq  solish  bilan  bog‘liq  ob’yektlar, 

hisoblangan va to‘langan soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlashi; 

soliq  tekshiruvlarini  o‘tkazishda  soliq  to‘lovchilarga  ularning  huquqlari  va 

majburiyatlari  to‘g‘risida  ma’lumot  berishi,  shuningdek  o‘tkazilgan  tekshirishlar  natijalari 

to‘g‘risida xabardor qilishi; 

soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 

qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida e’lon qilishi; 

soliq  to‘lovchilarga  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  ijro  etishida  yordam  berishi, 

soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  normalarini  va  soliq  imtiyozlarini  qo‘llash  tartibini 

tushuntirishi; 

coliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilganligi  faktlarini  tahlil  qilishi  va  baholashi, 

soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi 

takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi

huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  bilan  birgalikda  soliqqa  oid  huquqbuzarliklarga 

qarshi  kurashishga  doir  uzoq  muddatli  va  joriy  dasturlarni  ishlab  chiqishi  hamda  amalga 

oshirishi; 

soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilganligi  to‘g‘risidagi  arizalarni,  xabarlarni  va 

boshqa axborotni o‘rganishi; 

davlat  daromadiga  o‘tkazilgan  mol-mulkni  realizatsiya  qilishdan  pul  mablag‘larining 

to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi; 

masalani  hal  etish  soliq  organlari  vakolatlari  doirasiga  kirmaydigan  hollarda  soliq 

to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  buzilishi  faktlari  bo‘yicha  materiallarni  huquqni  muhofaza 

qiluvchi organlarga topshirishi; 

o‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning 

belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi; 

soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi; 

soliq  to‘lovchining  talabiga  binoan  soliqlarni  to‘lash  bo‘yicha  soliq  majburiyatining 

bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi; 

soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi; 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini 

hisobga  olishi,  ularga  soliq  to‘lovchilarning  identifikatsiya  raqamini  berishi  hamda  bu  haqda 

statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi; 

soliq  to‘lovchining  talabiga  binoan  uning  soliq  organlarida  hisobga  qo‘yilganligini 

tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi; 

soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  qo‘llash  masalalari  yuzasidan  O‘zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart. 

Soliq  organlarining  zimmasida  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  majburiyatlar  ham 

bo‘lishi mumkin. 

Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar,  shuningdek  moliyaviy  sanktsiyalar  budjetga  

va  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  quyidagi tartibda o‘tkaziladi:  

– asosiy summa;  

– hisoblangan penya;  

– jarimalar.  

Moliyaviy  sanktsiyalar  soliqqa  oid  huquqbuzarlik  uchun  javobgarlik chorasi bo‘lib, pul 

undirish (jarimalar va penya) tarzida qo‘llaniladi. Penya  soliq  to‘lovchilarning  shaxsiy  

kartochkalarida  aks  ettirilgan, soliq  qarzi  summasidan  to‘lov  muddati  tugagan  kundan  

boshlab  har  bir kechiktirilgan kun uchun (МБ қайта моляилаштириш ставкаси/360 ) foiz 

miqdorida hisoblanadi.Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z 

zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlarga  ham ega bo‘lishlari  mumkin. Hisobotlarni  o‘z 

vaqtida topshirmaganlik, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarni  ko‘rsatganlik va budjetga 

soliqlarni  to‘lamaganlik uchun yuridik shaxslarga Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy 

jazo choralari qo‘llaniladi, yuridik shaxslarning  mansabdor shaxslari esa, shuningdek qonun 

hujjatlariga muvofiq ma’muriy, fuqarolik-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling