Mavzu: Soliqlarning funksiyalari va ahamiyati. Soliqlarning elementlari va ularning mazmun-mohiyati
Download 39 Kb.
|
Soliqlarning funksiyalari va ahamiyati. Soliqlarning elementlari va ularning mazmun-mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Soliqlarning funksiyalari va ahamiyati. Soliqlarning elementlari va ularning mazmun-mohiyati Reja: 1.Soliqlarning funksiyalari va ahamiyati 2. Soliqlarning nazorat, rag‘batlantirish va soliqni hisoblash jarayoni 3.Axborot bilan ta’minlash funksiyalari 1.Soliqlarning funksiyalari va ahamiyati Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. 2. Soliqlarning nazorat, rag‘batlantirish va soliqni hisoblash jarayoni Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechadi. Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi. œ Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi. Ma’lumki, respublikamizda Soliqlarning nazorat funksiyasi Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi kerak. œ Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda. œ O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga keltirish. Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. 3. Soliqlarning elementlari va ularning mazmun-mohiyati Soliq subyekti — soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq subyekti — bu soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari — Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi. O‘z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki, bu yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Soliq agenti — yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur korxonada o‘z mehnati, investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida olgan daromadi (foydasi)dan soliqlarni ushlab qoladi va davlat budjetiga o‘tkazib beradi. Soliq agentlari davlat budjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollanganligi natijasida to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan ushlanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va budjetga o‘tkazib beradi, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq summasi uchun qonunchilikda belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi. Soliq obyekti — soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’- naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqqa ega bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq obyekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi. Soliqqa tortish predmeti — soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Soliqqa tortish birligi — bu obyektning o‘lchov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi bo‘lib uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv. m yoki gektar hisoblanadi. Soliq stavkasi — obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin. Soliq imtiyozlari — soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Soliq yuki — soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda budjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini soliq to‘lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu o‘rinda soliq bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi. Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan qat’i nazar tovarlarni jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini vujudga keltiradi. Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ular quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchiligida har bir soliq turining budjetga to‘lash muddatlari belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat budjeti oldida soliq majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi to‘lovlar. Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni yo‘naltirilganligi (budjetga yoki budjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash vositasi (milliy valuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valutasida. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valuta — so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.A.V.vahobov, A.S.jo‘rayev “Soliqlar va soliqqa tortish” O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan 2.Xodjayeva Z., Abdullayev A.. “Soliq tizimi va munosabatlari”. T.: Moliya - 2006 yil. 3.Yaxyoyev K. “Soliqqa ortish nazariyasi va amaliyoti” Darslik-Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”, 2003 yil. 4.Toshmurodov T. “Soliq nazariyasi va soliq tizimi” Darslik - Toshkent: “Bilim” nashriyoti, 2004 yil. 5. http/staff. tiame.uz Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling