Mavzu: Soliqlarning tarixiy shakllanishi va uning elementlari. Insoniyat qachondan beri va nima uchun soliq to‘lashini bilasizmi? – Soliq majburiyati tarixi haqida
Download 18.55 Kb.
|
1 2
Bog'liqSoliqlarning tarixiy shakllanishi va
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta asrlar soliqchiligi
- Markaziy Osiyodagi soliqlar
Mavzu:Soliqlarning tarixiy shakllanishi va uning elementlari. Insoniyat qachondan beri va nima uchun soliq to‘lashini bilasizmi? – Soliq majburiyati tarixi haqida «Dunyoda hech narsa soliq va o‘lim kabi muqarrar emas», degan edi Benjamin Franklin. Insoniyat doimiy tartibda to‘lashga o‘rganib qolgan soliqlarning ham ko‘p yillik rivojlanish tarixi bor. Dunyoda ilk sivilizatsiya davrlaridanoq soliq munosabatlari shakllana boshlagan. Ilk soliq yig‘imi joriy etilishi tarixi miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda qadimgi Misrda shakllangan. Bibliyaning 47-bo‘limida aytilishicha, Misr fir'avnlari aholini yetishtirgan hosilning beshdan bir qismini soliq sifatida to‘lashga majbur qilgan. Keyinchalik soliq amaliyoti yunon tsvilizatsiyasida ham rivoj topdi. 1799 yilda tarixiy Aleksandriya shahrining sharqiy hududidan topilgan «Rozetta yodgorligi» buning isboti bo‘la oladi. Unda miloddan avvalgi 196 yillarda Ptolomeylar sulolasida soliq munosabatlari amalda bo‘lgani tasvirlanadi. O‘rta asrlar soliqchiligi O‘rta asrlarda Yevropada meros, egalik va xarid uchun yangi soliq turlari amalga kiritila boshlanadi. Bu soliqlardan olinadigan tushum, asosan, urush davrlarida mudofaa uchun zarur bo‘lgan. Xitoy ham ilk soliq tartiblarini joriy etgan davlatlardan biri. Tan sulolasi (618-907) va Song sulolasi davrida (1127-1279) aholi ro‘yxatga olinadi va bu asosida ularga soliq to‘lash majburiyati yuklanadi. Yig‘ilgan pul esa armiyaga, bundan tashqari, irrigatsiya va transport qatnovi uchun zarur bo‘lgan kanallar qurilishiga yoki shunga o‘xshash ijtimoiy loyihalarga sarflangan. Markaziy Osiyodagi soliqlar Miloddan oldingi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududlarida ko‘chmanchilik sharoitida, o‘zlari uchun qulay joy izlab yurgan ko‘plab urug‘ va qabilalar yer maydonlari, suv, o‘tloqlarni egallash maqsadida kurashib kelishgan. Ayrim hollarda esa ular o‘zlaridan kuchliroq qabilalarga yer solig‘i, ya'ni o‘lpon to‘lab turganlar. Lekin fors hukmdori Doro davriga kelganda ilk bor doimiy tartibdagi soliqlar joriy qilinadi. Doro soliq tizimini faqat o‘z mamlakatida emas, balki egallab olgan mamlakatlariga ham joriy etadi. Eronning qadimgi Persapol shahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz – baqtriyaliklar, xorazmliklar, so‘g‘dlar va saklar tasvirlagan rasmlarda, saklar kiyim-kechak, baqtriyaliklar tuya va idishlar, xorazmliklar dudama xanjar, jangavor bolta, bilaguzuk va otni shohga olib borayotgan manzara chizilgan. Bu ular to‘layotgan soliq turlari sifatida taxmin qilinadi. Keyinchalik Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni bosib olgach esa yerlik aholi soliqlarni yunonlar tamoyili bo‘yicha to‘lay boshlagan: soliqlar daromad solig‘i va ehsonlardan iborat bo‘lgan. Daromad solig‘i daromadning o‘ndan yoki yigirmadan biri miqdorida undirilgan, sabab sifatida esa jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadi ko‘rsatilgan. Download 18.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling