Mavzu. Sotsial-psixologik trening haqida umumiy


Download 152.99 Kb.
bet6/17
Sana05.05.2023
Hajmi152.99 Kb.
#1429553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sotsial-psixologik trening haqida umumiy tushuncha

Bolalar orasida:


  1. Bog’cha bolalari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

  2. Maktab o’quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

  3. O’smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;
  • Kattalar orasida:


    1. Ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari;

    2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari;

    3. Keksalar orasida (psixologik o’zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari.

    Yuqorida sanab o’tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar mavjud bo’lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik maslahat va psixologik korrekstiyaga muhtoj bo’lib qoladigan bir necha xil guruhlar vujudga keladiki, bular:

    1. Muloqotchanlikning yetishmasligi muammosidan siqilgan kishilar guruhi.

    2. Iqtisodiy yetishmovchilikdan siqilgan kishilar guruhi.

    3. O’z yaqinlarini yo’qotib siqilgan kishilar guruhi.

    4. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar guruhi.

    5. Begona joyga ko’chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar guruhi.

    6. Rahbarlar tomonidan yoki o’zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.

    7. Yangi o’qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan kishilar guruhi.

    8. Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutula olmasdan siqilayotgan kishilar guruhi.

    Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb ataluvchi o’yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg’ulotlar yordam beradi. Bunday shaxslar o’zi istab, o’z xohishi bilan treningga keladi va trenerning ko’rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo’ladiki, bu guruh a’zolari treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: M., jinoyatchilar, bezorilar, o’g’rilar, narkotik bilan shug’ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar treningning vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo’ladi.
    Amerikalik psixolog F. Olport birinchi marta trening ta’siri ijobiy bo’lishi va bu hodisaning nomi «Sotsial fasilitastiya» ekanligini adabiyotlarda ko’rsatdi. Fasilitastiya so’zi inglizcha (facilitate) yengillashtirish so’zidan olingan bo’lib uning tub ma’nosi – shaxs ongida o’zga obrazning borligi yoki guruh yoki muayan shaxsning mavjudligi tufayli odam faoliyati samaradorligining ortishi va tezlashuvidir.
    1903 yilda nemis olimi A. Xayer esa ushbu fenomenni ta’lim jarayonida tekshirib chiqdi u uyida yakka holda o’qitish bilan guruhiy sharoitda o’qitish samaradorligini qiyoslab, bilimlarning mustahkamlanishida o’zlashtirishning tezligi sinf shaklida bo’lganda o’ziga xos afzalliklarga ega ekanligini isbot qildi.
    1913 yilda boshqa bir nemis tadqiqotchisi o’zaro hamkorlikdagi guruhlar dasturini ishlab chiqdi. Uning tajribalari bir qarashda shaxsdagi bilish jarayonlarini o’rganishga qaratilganday bo’lsada, lekin aslida ularda guruhning shaxs psixik faoliyatiga ta’siri o’rganildi. 2-3 kishidan tortib, to 16 kishigacha bo’lgan guruhlarda u maxsus asbob uskunalarni ishlatgan holda, mushaklar ish faoliyati, og’riqqa chidamlilik, sezgirlik, diqqat, xotira, assotsiastiyalarning kechishiga ta’sirini dastlab yakka-yakka holda keyinchalik esa guruh sharoitida o’rgandi. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, uni qiziqtirgan ruhiy jarayon va holatlarning ko’rsatkichlari guruhiy variantda individual variantdan ancha afzalliklar mavjud ekan.
    Shunday holatlar ham kuzatilganki guruhda «kuchsiz, nimjon» bolalarning borligi boshqacha «o’rtacha» imkoniyatlar faolligini oshirgan. Olingan natijalar
    uning, «Ommaning eksperimental psixologiyasi» kitobida umumlashtirilgan. Muallif ushbu asarida tajribalarga asoslangan holda barcha turdagi eksperimentlarda, albatta sotsial psixologiyada fakt inobatga olinishi zarur deb ta’kidlaydi. Keyinchalik tibbiyot sohasida ham ommaviy psixoterapiyaning afzalliklarini yoqlab, fransuz tadqiqotchilari va rus olimlari tadqiqotlar olib bordilar. Ularning fikriga ko’ra inson salomatligini tiklashda bemor bilan shifokor o’rtasida o’zaro muloqotidan tashqari, o’sha kasal atrofidagi o’ziga o’xshashlar guruhining ham borligini va uning bevosita dard azoblari kechishiga ta’siri bo’lishi tibbiy amaliyotda (psixologiya) asoslandi hamda bu haqda asarlar yozildi.
    Bundan tashqari maorif, san’at, sotsial munosabatlar borasida ham IPT ning roli masalasi keng o’rganildi va bu narsa mutaxassislar tayyorlash sohasi – pedagogika va psixologiya oldida ham «Qanday qilib o’qitgan afzalroq?» degan masalani dolzarb qilib qo’ydi.
    Bu esa bevosita odamlar bilan ishlash jarayoniga maqsadli tayyorlashda faol, tezkor usullarni o’ylab topish muammosini yuzaga keltirdi. Psixologik tadqiqotlardan shu narsa ma’lumki inson xotirasi eshitgan narsalarni faqat 10 % ini eshitgan, ko’rgan narsalarni deyarli 50% ini hamda bevosita o’zi ishtirok etib faol ravishda bajargan operastiyalar tafsilotining 90% xotirasida saqlab qoladi. Demak bu fakt ham sotsial faol munosabatlarning inson imkoniyatlarining rivojlanishidagi o’rnini yana bir bor e’tirof etadi. Ushbu qonuniyatning ahamiyati milliy ma’rifatchiligimiz an’analarida ham hisobga olinganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan: Islom ma’rifatchiligida ham riyozat chekish – inson faoliyatining shunday turi sifatida qaralgan, unga ko’ra inson kamolot cho’qqisiga erishishi, biror narsaning tub mohiyatiga yetishi, anglash va tushunishi uchun o’z quli bilan amalda ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi kerakligi ta’kidlanadi. Shunday qilib, sotsial psixologik trening uslublarining paydo bo’lishi va amalda qo’llanilishi o’ziga xos an’anaga ega bo’lib, ular ayniqsa bizning asrimizda, sanoat rivojlangan, migrastiya
    jarayonlari tezlashgan va inson omili rolining naqadar ahamiyatliligiga e’tibor qaratilgan bir paytda yana ham dolzarb bo’lib bormoqda.
    Sotsial psixologik trening vositasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishning boshqaruvchilari menedjerlar tayyorlash, sotsial ta’minot, pedagogika, tibbiyot sohalariga mutaxassislar tayyorlash AQSh, Germaniya, Boltiq bo’yi respublikalari, Sankt – Peterburg, Moskva, Kiev kabi qator sanoati yirik shaharlarda keng tarqalgan. Ayniqsa sanoat korxonalarda ishlovchi amaliyotchi psixologlarning asosiy quroli va ish yo’nalishi ham treninglar vositasida ishlab chiqarish muammolarini hal qilish bo’lib, hozirgacha to’plangan tajribalar bu ishning ta’sirchanligini isbotladi. Bizning mustaqil davlatimizda ham bu borada bir qator ishlar qilinmoqda. Bunga Psixologik maslahat ishlarining yo’lga qo’yilayotgani, yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotchi psixologlarning faoliyat ko’rsatayotganliklarini misol qilishimiz mumkin.
    Inson o’z hayotida shaxsiy tajriba, sotsial malaka va ko’nikmalarni orttirib borishi jarayonida hosil bo’ladigan, bevosita shakllanadigan sotsial bilimdonlik yoki kommunikativ savodxonlikdan farqli psixologiya fanida ushbu jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit guruh faoliyatiga taalluqli sotsial fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun qo’llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib sotsial psixologik trening (IPT) yoki sotsial trening deb ataladi.

    Download 152.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling