Mavzu. Sotsial-psixologik trening haqida umumiy


Download 152.99 Kb.
bet1/17
Sana05.05.2023
Hajmi152.99 Kb.
#1429553
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sotsial-psixologik trening haqida umumiy tushuncha


mavzu. Sotsial-psixologik trening haqida umumiy tushuncha

Reja:


  1. Psixologik faoliyatda guruhiy jihatdan ishlashning tarixi.

  2. Sotsial psixologik trening haqida umumiy tushuncha.

  3. “Trening”, “Guruhiy psixologik faoliyat”, “Guruhiy psixoterapiya”, “Psixoterapevtik guruh” tushunchalarning mazmuni va bog’liqligi.

  4. Sotsial psixologik treningni asosiy tiplari va ko’rinishlari.Guruh ko’rinishlari.

  5. Psixologik faoliyatda guruhiy usulning afzalliklari va kamchiliklari.

Tayanch so’z va iboralar: Trening, sotsial psixologik trening, psixodramma, guruhiy psixoterapiya, trening guruhi, guruhiy trening.
Odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g’oyalar, his-tuyg’ular, kechinmalar, turli xil xulq atvor shakllarini psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan sotsial psixologiya o’rganadi va tushuntirib beradi. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi uning sotsial normalarga rioya qilgan holda o’ziga o’xshash odamlar bilan o’rnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo’ladigan hodisalarning tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish – sotsial psixologiyaning asosiy vazifasidir. Sotsial psixologik trening ana shunday murakkab psixik voqeliklarni o’rganuvchi sotsial psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda sotsial psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi. Sotsial trening avvalo shaxs yoki guruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi kommunikativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi.
Psixologiyada sotsial trening va shunga o’xshash faollik psixologik metodlarning paydo bo’lishi psixologiya fanida shaxs va uning imkoniyatlarini o’rganishga nisbatan qarashlarning o’zgarishi bilan bog’liq. Chunki psixologiya tarixidan ma’lumki bu fan XIX asrning oxirlarigacha ham alohida shaxs psixologiyasini o’rganuvchi atomistik fan sifatida qaralgan. Uning shakllanishi, taraqqiyoti va turli fazilatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan omillar orasida sotsial psixologik omillarning roli va o’rni shu davrgacha tan olinmagan va maxsus tarzda tadqiq etilmagan edi.
Sotsial psixologik fikrlar shakllanishi tarixidan shu narsa ma’lumki XIX asr oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologik tadqiqotlar jarayonida sotsial psixologik omillar ham asta-sekin hisobga olina boshlandi. Masalan: keyingi yillarda (xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, xulqning sotsial motivlari nazariyasi) va boshqalar kabi sotsial psixologik sohalar tadqiq etila boshlandi. Bunga sabab quydagicha edi: shaxs faoliyati jarayonida uning yonida boshqa shaxslarning bo’lishi, yoki yaqinligi ularning xulq-atvoriga ta’sir qiladimi, agar bunday ta’sir mavjud bo’lsa u ijobiymi, yoki salbiymi? Kabi savollarga javobning echimini topish zarurati tug’ildi va aynan sotsial psixologik trening fani paydo bo’lishiga zamin yaratdi.


    1. Download 152.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling