Mavzu. Sotsial-psixologik trening haqida umumiy


Maxsus tarzda tashkil etilgan treningda


Download 152.99 Kb.
bet15/17
Sana05.05.2023
Hajmi152.99 Kb.
#1429553
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Sotsial-psixologik trening haqida umumiy tushuncha

Maxsus tarzda tashkil etilgan treningda esa alohida vaziyatlar va har bir o’yin ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakllanishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi, va shaxs ataylab u yoki bu sotsial psixologik vaziyatga o’zgalar tomonidan tushiriladi.
Shunday qilib har bir sotsial psixologik vaziyat, uning maqsadi va boshlovchining niyatlariga qarab ishtirokchilarning fazoviy qay yo’sinda joylashishlari kerakligi ham trening samaradorligini belgilaydi.
Sotsial trening yana bir jihati borki bunda ishtirokchilar o’rtasida samimiy, iliq munosabatlar o’rnatilishi ular o’zaro bir birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun trening tashkil etuvchi shaxs mashg’ulot boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir birini tanib iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart.
Buning uchun masalan: Trening qatnashuvchilari bir birlariga xushomad qilishlari taklif etiladi xushomad yoki takalluf albatta yonidagi shaxsning tashqi ko’rinishi, yuz ifodasi, kiyimining rangi, didi kabilarga taalluqli bo’lishi mumkin. Ammo bu xushomadda asl xushomad elementlari minimal ifodalanishi zarur, ya’ni bo’rttirib yo’q narsani aytish ham muloqotga xalaqit berishi mumkin.
Bu jarayon, yoki uslub sheriklar o’rtasidagi asabiy taranglashuvi kamaytirib, psixologik tanglik guruh a’zolarining o’z qobiliyatlariga ishonmaslik ikkilanish xavfining oldini oladi.
Ilmiy adabiyotda faol sotsial psixologik tayyorlov metodlari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:

  1. Munozara metodlari. Bu turkumga asosan guruh doirasida o’tkaziladigan munozaralar, bellashuvlar, kundalik amaliy faoliyatda uchraydigan turli hodisalarni tahlil qilishlar, axloqiy xulq-atvor shakllarini muhokama qilishlar kiradi. Ba’zan bu toifa usullar xulq-atvor treningi yoki amaliy muloqot treningi deb ataladi.

  2. O’yin metodlari. Bunga didaktik va ijodiy o’yinlar; boshqaruv faoliyatiga taalluqli amaliy o’yinlar; rolli o’yinlar — xulq-atvor shakllariga o’rgatish, o’yinli psixoterapiya, psixodrammatik korreksiya; kontro’yinlar kiradi. Ko’pincha, bu turkum metodlarni qisqacha rolli trening deb atashadi.


  3. Download 152.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling