Sotsial psixologik trening haqida umumiy tushuncha.
Hozirgi davrda sotsial psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi. Sotsial trening avvalo shaxs yoki guruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi kommunikativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi.
Psixologiyada sotsial trening va shunga o’xshash faollik psixologik metodlarning paydo bo’lishi psixologiya fanida shaxs va uning imkoniyatlarini o’rganishga nisbatan qarashlarning o’zgarishi bilan bog’liq. Chunki psixologiya tarixidan ma’lumki bu fan XIX asrning oxirlarigacha ham alohida shaxs psixologiyasini o’rganuvchi atomistik fan sifatida qaralgan. Uning shakllanishi, taraqqiyoti va turli fazilatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan omillar orasida sotsial psixologik omillarning roli va o’rni shu davrgacha tan olinmagan va maxsus tarzda tadqiq etilmagan edi.
Sotsial psixologik fikrlar shakllanishi tarixidan shu narsa ma’lumki XIX asr oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologik tadqiqotlar jarayonida sotsial psixologik omillar ham asta-sekin hisobga olina boshlandi. Masalan: keyingi yillarda (xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, xulqning sotsial motivlari nazariyasi) va boshqalar kabi sotsial psixologik sohalar tadqiq etila boshlandi. Bunga sabab quyidagicha edi: shaxs faoliyati jarayonida uning yonida boshqa
shaxslarning bo’lishi, yoki yaqinligi ularning xulq-atvoriga ta’sir qiladimi, agar bunday ta’sir mavjud bo’lsa u ijobiymi, yoki salbiymi? Kabi savollarga javobning yechimini topish zarurati tug’ildi va aynan sotsial psixologik trening fani paydo bo’lishiga zamin yaratdi.
Sotsial psixologik treninglarning maqsadi, vazifalari va unda yechiladigan muammolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |