Mavzu: Soʻz birikmasi qoliplarining nutqiy kengayishi va soʻz birikmasi


Download 187.5 Kb.
bet6/8
Sana10.02.2023
Hajmi187.5 Kb.
#1183173
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soʻz birikmasi qoliplarining nutqiy kengayishi va soʻz birikmasi

Tenglanish va tobelanish


Soʻz qoʻshilmasida soʻzlar teng va tobe bogʻlanadi. Bogʻimizda olma va oʻrik pishdi gapida bogʻimizda pishdi, olma pishdi, oʻrik pishdi – tobelanish; olma va oʻrik – tenglanishusuli bilan bogʻlangan. Tenglanishda – ikkita teng huquqli soʻz biri ikkinchisiga boʻysunmay bogʻlanadi. Ular quyidagicha hosil boʻladi:

    • Ohang yordamida: Olma, oʻrik, shaftoli, gilos pishdi.

    • Teng bogʻlovchilar yordamida:

    • Biriktiruv bogʻlovchilari yordamida – oʻqituvchi va oʻquvchilar keldi.

    • Zidlov bogʻlovchilari yordamida – oʻqidi, biroq yozmadi;

    • Ayiruv bogʻlovchilari yordamida – kitob yoki daftar, ba’zan qor, ba’zan yomgʻir;

    • Inkor bogʻlovchisi yrdamida – na sen, na men;

    • Koʻmakchi-bogʻlovchilar bilan – Karim bilan Salim, olma bilan nok;

 Yuklama-bogʻlovchilar bilan – yer-u osmon, keldi-yu, indamadi. Soʻzlarning teng bogʻlanishi soʻz qoʻshilmalarini hosil qiladi. Soʻz qoʻshimalarida har bir soʻz alohida narsalarni nomlab keladi va ma’no
mustaqilligini saqlab qoladi: Opam va men, oʻqidi lekin yozmadi.
Soʻzlarning tobe bogʻlanishida bir soʻz boshqa soʻzga tobe va hokim munosabatida bogʻlanadi. Tobe bogʻlanishdan soʻz birikmasi va gap hosil qilinadi.Tobelanishdagi birliklardan soʻz birikmasi ikki yoki undan ortiq soʻzdan iborat boʻlishiga qaramay bitta tushunchani ifodalaydi: mening doʻstim, uyga kirmoq. Gap esa fikr ifodalaydi: Mening doʻstim – Karim. Bola uyga kirdi.
Soʻz birikmalarida tobe soʻz vazifasiga koʻra uch turga boʻlinadi.
  1. Aniqlovchili birikma


  2. Toʻldiruvchili birikma
  3. Holli birikma


Aniqlovchili birikma – tobe soʻz sifatlovchi yoki qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi: vatan beshiging1 izlari chizilgan2 zamindir.
Toʻldiruvchili birikma – tobe soʻz vositali yoki vositasiz toʻldiruvchi shaklda keladi. Birinchi bor bahorni tanigan, birinchi varrakni uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan, birinchi oʻqituvchi, birinchi muhabbatingni tanigan zamin - Vatandir.
Holli birikma – tobe soʻz hol vazifasida keladi: Uyga shoshib kirdi (ikkita holli birikma) uyga kirdi, shoshib kirdi. Maktabga piyoda joʻnadik (ikkita holli birikma) maktabga joʻnadik, piyoda joʻnadik.


Xulosa
Xulosa qilib aytaydigan bo’lsak, moslashuvli so’z birikmalarida faqatgina shakliy butunlik emas, ma’noviy butunlik ham ahamiyatga ega. Qaratqich kelishigi tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir.

Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling