Mavzu: Soʻz birikmasi qoliplarining nutqiy kengayishi va soʻz birikmasi


Download 187.5 Kb.
bet5/8
Sana10.02.2023
Hajmi187.5 Kb.
#1183173
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soʻz birikmasi qoliplarining nutqiy kengayishi va soʻz birikmasi

moslashuv; boshqaruv; bitishuv.


Tobe soʻzning hokim soʻzga qaratqich kelishigi yordamida, hokim soʻzning esa tobe soʻzga egalik qoʻshimchasi orqali birikuvi moslashuv deyiladi: sizning ukangiz, xonaning yorugʻi. Ba’zan egalik yoki qaratqich kelishigi shakli belgisiz qoʻllanilishi mumkin: yoz yomgʻiri (yozning yomgʻiri), choʻl havosi, qor jilvasi; bizning uy, sizning oʻgʻil. Moslashuvda asosan otli birikmalar hosil boʻladi.
Tobe soʻz hokim soʻzga tushum, joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklari yoki koʻmakchilar bilan birikuvi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda otli va fe’lli birikmalar hosil boʻladi: olma termoq, gul uzmoq, yoshlarga gʻamxoʻrlik, uydan chiqmoq, gʻalaba uchun kurashmoq, maktab tomon ketmoq.
Kelishikli va koʻmakchili boshqaruv farqlanadi. Kelishikli boshqaruvda tobe soʻz hokim soʻzga tushum va oʻrin kelishiklari vositasida birikadi: doʻstini uchratmoq, bogʻdan chiqmoq, chelakka solmoq, qarmoqda tutish. Koʻmakchili boshqaruvda tobe soʻz hokim soʻzga koʻmakchilar vositasida birikadi: tinchlik uchun kurash, qarmoq bilan tutish, aybiga yarasha jazolanmoq, uy sari yurmoq.
Tobe soʻz va hokim soʻz hech qanday vositalarsiz faqat tartib va ohang yordamida birikuv usuli bitishuv deyiladi: tez yurmoq, keng koʻcha, kelgan odam, chiroyli gapirmoq, mehribon enaga. Tezda qaytmoq, qoʻqqisdan burilmoq, chindan (yolgʻondan) gapirmoq, uzunasiga kesmoq, zimdan kuzatmoq kabi birikmalar ham bitishuv usuli bilan hosil boʻlgan. Ravishlar tobe soʻz vazifasida kelganda hokim soʻzga bitishuv usuli bilan birikadi, ularning tarkibidagi egalik va kelishik qoʻshimchalari yaxlitlanib qolgan.

Soʻz birikmasi zanjiri


Soʻz birikmalarining tuzilishiga koʻra sodda va murakkab
turlari mavjud.
Sodda soʻz birikmasi ikkita mustaqil soʻzning birikuvidir. Quyida berilgan holatlar sodda soʻz birikmalari hisoblanadi.
 Mehnatiga1 yarasha0 olmoq1, hammaga1 qaraganda0 chiroyli1 (bu yerda soʻzlar soni uchta boʻlsa ham mustaqil ma’no anglatuvchi soʻzlarning soni ikkita).
 Qoʻli ochiq1 yigit1, tarvuzi qoʻltigʻidan tushgan1 odam1, qulogʻiga quyib1 uqtirmoq1. Bu birikmalar ham sodda soʻz birikmalari hisoblanadi, chunki bu yerda turgʻun birikma qatnashgan. Turgʻun birikma xuddi soʻzlar kabi bitta soʻroqqa javob boʻladi va bitta lugʻaviy birlik hisoblanadi.
 Gʻarbiy Yevropada1 yashamoq1, Vazirlar Mahkamasida1 koʻrilmoq1, kichik korxonada1 ishlamoq1, Oʻrta Chirchiqda1 yashamoq1, besh qavatli1 bino1 – bir qismi qoʻshma soʻz shaklida kelganligi sababli bular ham sodda soʻz birikmalaridir.
 Kitobni1 oʻqib chiqmoq1, mehmonlarni1 taklif qilmoq1 – birikmaning bir qismi qoʻshma yoki koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasi boʻlganligi sababli bular ham sodda soʻz birmasidir.
 Shoda-shoda1 duru gavharlar1, uyum-uyum1 arpa-bugʻdoylar1 – bir qismi juft soʻzli birikmalar ham sodda soʻz birikmalari hisob- lanadi.
Murakkab soʻz birikmalarida – tobe soʻz oʻziga qarashli boʻlaklar bilan kengayib keladi va gapda soʻz birikmalari zanjirini hosil qiladi. Soʻz birikmasidagi hokim soʻz boshqa bir soʻzga tobelangan, bir hokim soʻz bir necha tobe soʻzlarga aloqador boʻlganda yoki bitta tobe soʻz bir necha hokim soʻzlarga aloqador boʻlganda soʻz birikmalari zanjiri hosil qilinadi. Ular bitta soʻroqqa javob boʻladi. Bunday birikmalar tarkibida mustaqil soʻzlar soni uch yoki undan ortiq boʻladi va ular oʻzaro tobelanadi.
Soʻz birikmalari zanjiri turli gap boʻlaklari boʻlib kelishi mumkin. Masalan: Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini toʻldirdi gapida soʻz birikmalari zanjiri ega vazifasida kelgan.

Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling