Mavzu: so`z birikmasi va gap darsning maqsadi


Download 0.82 Mb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#1002601
  1   2
Bog'liq
Mavzu so`z birikmasi va gap darsning maqsadi-fayllar.org


Mavzu: so`z birikmasi va gap darsning maqsadi


MAVZU: SO`Z BIRIKMASI VA GAP
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy: so`z birikmasi va gap, ular o`rtasidagi farq yuzasidan tushunchalar berish.
2. Tarbiyaviy: o`quvchilar ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish.
3. Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.


Darsning shiori:

Qoidani unutma

Ma`nodan uzoq ketma

Gapni cho`zma oz gapir

Keng ma`noli soz gapir.

Darsni tashkil etish texnologiyasi:

Metod: aqliy hujum,VENN diagrammasi, tushunchalar tahlili

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: noan`anaviy.
Darsda qo`llaniladigan vosita. I.Karimovning „Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch“ asari, proyektor, perfokartalar, tarqatmalar, slayd, rasmlar, markerlar, A-4 o`lchamdagi qog`ozlar
DARSNING BORISHI
I. Tashkiliy qism: (2 daqiqa)
a) sinf tozaligini tekshirish;
b) davomatni aniqlash;
d) sinf o`quvchilarini uchta guruhga ajratish va guruhlarni nomlash.
Guruhlar nomi. “Topqirlar”, “Bilimdonlar”, “Zukkolar”


II. O`tilgan mavzuni takrorlash (12 daqiqa ). O`quvchilarning o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilim va egallagan ko`nikmalari 3 bosqichda tekshiriladi.

1-bosqich. O`quvchilar diqqati quyidagi grammatik topishmoqqa qaratiladi. (shu o`rinda Aqliy hujum”usulidan foydalaniladi).
Namuna:


Qalam bilan yozamiz,

Men bilan sen yozamiz.

Bunda ikki “bilan” bor.

Bir-biridan farqi bor,

Toping, qanday farqi bor? o`quvchilar tomonidan topishmoqning javobi aytiladi.

2-bosqich. So`z birikmasi yuzasidan o`tilgan mavzularni takrorlash maqsadida o`quvchilarga perfokartalar tarqatiladi va ular bilan ishlash tartibi tushuntiriladi. Slaydda quyidagilar aks ettiriladi.
A – Bitishuv usuli
B – Moslashuv usuli
D – Boshqaruv usuli
So`ngra o`qituvchi birin-ketin quyidagi so`z birikmalarning har birini navbati bilan 2-3 martadan o`qiydi. So`z birikmalari proyektor orqali ekranda ham ko`rsatilib turiladi. O`quvchilar so`z birikmalarini diqqat bilan tinglab kerakli ustundan to`g`ri javobni X shaklida belgilaydilar.
1. Uy qurmoq (boshqaruv)
2. Birga kelmoq (bitishuv)
3. Zavq bilan kuylamoq (bitishuv)
4. Gilos danagi (moslashuv)
5. Qalam bilan chizmoq (boshqaruv)
6. Bizning uy (moslashuv)

Perfokartalardan namuna:
To`g`ri javoblar soni _________ ta. Bahosi:__________
O`qituvchi tomonidan oldindan javoblar belgilangan perfokarta tayyorlangan. O`quvchilarning perfokartalari yig`ib olingandan so`ng tekshiriladi va baholanadi. (bunda o`quvchilarning tayyorlagan perfokartasi ustiga o`qituvchining perfokartasi qo`yiladi va to`g`ri javoblar aniqlanadi). So`z birikmasi mavzusi yuzasidan o`quvchilarning egallagan bilim va ko`nikmalari shu yo`sinda tekshiriladi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling