Mavzu: so`z birikmasi va gap darsning maqsadi


-bosqich. Guruhlar diqqatiga quyidagi jadval havola (slayd ko`rsatiladi) etiladi (“Tushunchalar tahlili” metodidan foydalaniladi). Topshiriq


Download 0.82 Mb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#1002601
1   2
Bog'liq
Mavzu so`z birikmasi va gap darsning maqsadi-fayllar.org

3-bosqich. Guruhlar diqqatiga quyidagi jadval havola (slayd ko`rsatiladi) etiladi (“Tushunchalar tahlili” metodidan foydalaniladi).
Topshiriq: jadvalda berilgan tushunchalarga izoh yozish.

t-r

Tushuncha

Mazmuni

1

So`z



2

Qo`shma so`z



3

So`z birikmasi



4

Erkin bog`lanma



5

Turg`un bog`lanma



6

Gap




Guruhlar taqdimoti o`tkazilgandan so`ng ekranda quyidagi jadval ko`rsatiladi. Guruhlarning javoblari to`g`ri javobga to`liq yoki qisman to`g`ri kelishiga qarab rag`batlantiriladi.

T-r

Tushuncha

Mazmuni

1

So`z

Leksik hodisa, tushuncha anglatadi

2

Qo`shma so`z

Tushuncha anglatadi, qismlari orasidagi grammatik aloqa yo`qolgan, bitta so`roqqa javob beradi, umumiy bir urg`uga ega.


3

So`z birikmasi

Grammatik hodisa, qismlari alohida so`roqqa va alohida so`z urg`usiga ega.


4

Erkin bog`lanma

So`z birikmasi


5

Turg`un bog`lanma

Ibora

6

Gap

Grammatik hodisa, fikr anglatadi




III. Yangi mavzuning bayoni: (12 daqiqa). Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 92, 93-mashq bajariladi.

Guruhlarga topshiriq:
So`z birikmasining gapdan farqini aytish va izohlash. (o`quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy tafakkuri rivojlantiriladi). Navbatdagi topshiriq bo`yicha har bir guruh “Venn diagrammasi`dan foydalanib so`z birikmasi va gap o`rtasidagi farq va umumiy tomonlarini topadi.


So`ngra o`qituvchi tomonidan quyidagi “Bilib oling!” rukni ostida grammatik tavsif havola etiladi.






IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (16 daqiqa)
94-mashq og`zaki bajariladi. 95-mashqdagi oling so`zi 1-guruh, qurdilar so`zi 2-guruh, g`oliblardanmiz so`zi asosida 3-guruh tomonidan so`z birikmalari tuziladi. Berilgan javoblar A 4 formatli qog`ozda o`z aksini topadi. Guruhlar bir-birlarining javoblarini tekshirib taqdimot o`tkazishadi. So`ng har bir guruh bittadan savol va topshiriqqa jabob beradilar.



V. Faol guruhni aniqlash, o`quvchilarni baholash va baholarni izohlash (3 daqiqa).


  1. Uyga vazifa ko`p variantli tarzda beriladi (2 daqiqa.)

1-guruhga: “Yurtimning obodligi” mavzusida ijodiy matn yaratish.


2-guruh: adabiyot darsida o`qilgan asardan qiziqarli voqea qismidan boshqaruv munosabatli so`z birikmalari yozish. (10 ta).

3-guruh: “Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi” gapidagi so`z birikmalarini aniqlash va yozish.


http://fayllar.org
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling