Mavzu: so`z birikmasi va gap darsning maqsadi
Download 0.82 Mb.
|
1 2
Bog'liqMavzu so`z birikmasi va gap darsning maqsadi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning shiori
- . Tashkiliy qism: (2 daqiqa)
Mavzu: so`z birikmasi va gap darsning maqsadi MAVZU: SO`Z BIRIKMASI VA GAP Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy: so`z birikmasi va gap, ular o`rtasidagi farq yuzasidan tushunchalar berish. 2. Tarbiyaviy: o`quvchilar ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish. 3. Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish. Darsning shiori: Qoidani unutma Ma`nodan uzoq ketma Gapni cho`zma oz gapir Keng ma`noli soz gapir. Darsni tashkil etish texnologiyasi: Metod: aqliy hujum,VENN diagrammasi, tushunchalar tahlili Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars usuli: noan`anaviy. Darsda qo`llaniladigan vosita. I.Karimovning „Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch“ asari, proyektor, perfokartalar, tarqatmalar, slayd, rasmlar, markerlar, A-4 o`lchamdagi qog`ozlar DARSNING BORISHI I. Tashkiliy qism: (2 daqiqa) a) sinf tozaligini tekshirish; b) davomatni aniqlash; d) sinf o`quvchilarini uchta guruhga ajratish va guruhlarni nomlash. Guruhlar nomi. “Topqirlar”, “Bilimdonlar”, “Zukkolar” II. O`tilgan mavzuni takrorlash (12 daqiqa ). O`quvchilarning o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilim va egallagan ko`nikmalari 3 bosqichda tekshiriladi. 1-bosqich. O`quvchilar diqqati quyidagi grammatik topishmoqqa qaratiladi. (shu o`rinda “Aqliy hujum”usulidan foydalaniladi). Namuna: Qalam bilan yozamiz, Men bilan sen yozamiz. Bunda ikki “bilan” bor. Bir-biridan farqi bor, Toping, qanday farqi bor? o`quvchilar tomonidan topishmoqning javobi aytiladi. 2-bosqich. So`z birikmasi yuzasidan o`tilgan mavzularni takrorlash maqsadida o`quvchilarga perfokartalar tarqatiladi va ular bilan ishlash tartibi tushuntiriladi. Slaydda quyidagilar aks ettiriladi. A – Bitishuv usuli B – Moslashuv usuli D – Boshqaruv usuli So`ngra o`qituvchi birin-ketin quyidagi so`z birikmalarning har birini navbati bilan 2-3 martadan o`qiydi. So`z birikmalari proyektor orqali ekranda ham ko`rsatilib turiladi. O`quvchilar so`z birikmalarini diqqat bilan tinglab kerakli ustundan to`g`ri javobni X shaklida belgilaydilar. 1. Uy qurmoq (boshqaruv) 2. Birga kelmoq (bitishuv) 3. Zavq bilan kuylamoq (bitishuv) 4. Gilos danagi (moslashuv) 5. Qalam bilan chizmoq (boshqaruv) 6. Bizning uy (moslashuv) Perfokartalardan namuna: To`g`ri javoblar soni _________ ta. Bahosi:__________ O`qituvchi tomonidan oldindan javoblar belgilangan perfokarta tayyorlangan. O`quvchilarning perfokartalari yig`ib olingandan so`ng tekshiriladi va baholanadi. (bunda o`quvchilarning tayyorlagan perfokartasi ustiga o`qituvchining perfokartasi qo`yiladi va to`g`ri javoblar aniqlanadi). So`z birikmasi mavzusi yuzasidan o`quvchilarning egallagan bilim va ko`nikmalari shu yo`sinda tekshiriladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling