3-bosqich. Guruhlar diqqatiga quyidagi jadval havola (slayd ko`rsatiladi) etiladi (“Tushunchalar tahlili” metodidan foydalaniladi).
Topshiriq: jadvalda berilgan tushunchalarga izoh yozish.
t-r
|
Tushuncha
|
Mazmuni
|
1
|
So`z
|
|
2
|
Qo`shma so`z
|
|
3
|
So`z birikmasi
|
|
4
|
Erkin bog`lanma
|
|
5
|
Turg`un bog`lanma
|
|
6
|
Gap
|
|
Guruhlar taqdimoti o`tkazilgandan so`ng ekranda quyidagi jadval ko`rsatiladi. Guruhlarning javoblari to`g`ri javobga to`liq yoki qisman to`g`ri kelishiga qarab rag`batlantiriladi.
T-r
|
Tushuncha
|
Mazmuni
|
1
|
So`z
|
Leksik hodisa, tushuncha anglatadi
|
2
|
Qo`shma so`z
|
Tushuncha anglatadi, qismlari orasidagi grammatik aloqa yo`qolgan, bitta so`roqqa javob beradi, umumiy bir urg`uga ega.
|
3
|
So`z birikmasi
|
Grammatik hodisa, qismlari alohida so`roqqa va alohida so`z urg`usiga ega.
|
4
|
Erkin bog`lanma
|
So`z birikmasi
|
5
|
Turg`un bog`lanma
|
Ibora
|
6
|
Gap
|
Grammatik hodisa, fikr anglatadi
|
III. Yangi mavzuning bayoni: (12 daqiqa). Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 92, 93-mashq bajariladi.
Guruhlarga topshiriq:
So`z birikmasining gapdan farqini aytish va izohlash. (o`quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy tafakkuri rivojlantiriladi). Navbatdagi topshiriq bo`yicha har bir guruh “Venn diagrammasi`dan foydalanib so`z birikmasi va gap o`rtasidagi farq va umumiy tomonlarini topadi.
So`ngra o`qituvchi tomonidan quyidagi “Bilib oling!” rukni ostida grammatik tavsif havola etiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (16 daqiqa)
94-mashq og`zaki bajariladi. 95-mashqdagi oling so`zi 1-guruh, qurdilar so`zi 2-guruh, g`oliblardanmiz so`zi asosida 3-guruh tomonidan so`z birikmalari tuziladi. Berilgan javoblar A 4 formatli qog`ozda o`z aksini topadi. Guruhlar bir-birlarining javoblarini tekshirib taqdimot o`tkazishadi. So`ng har bir guruh bittadan savol va topshiriqqa jabob beradilar.
V. Faol guruhni aniqlash, o`quvchilarni baholash va baholarni izohlash (3 daqiqa).
Uyga vazifa ko`p variantli tarzda beriladi (2 daqiqa.)
1-guruhga: “Yurtimning obodligi” mavzusida ijodiy matn yaratish.
2-guruh: adabiyot darsida o`qilgan asardan qiziqarli voqea qismidan boshqaruv munosabatli so`z birikmalari yozish. (10 ta).
3-guruh: “Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi” gapidagi so`z birikmalarini aniqlash va yozish.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |