Mavzu: so`z birikmasi va sintagma so`Z birikmasi tasnifi
Download 0.63 Mb.
|
Soz birikmasi
Mavzu: SO`Z BIRIKMASI. UNING TUZILISHI VA GRAMMATIK MA’NOLARI. SO`Z BIRIKMASI TURLARIREJA:1 2 So`z birikmalarining nutq birligi ekanligi haqida. Sintagma haqida tushuncha. So`z birikmasining so`z, qo`shma so`z, turg`un ibora hamda gapdan farqi 3 4 So`z birikmasining tiplari Tobe komponentlarning sintaktik vazifaga ko`ra so`z birikmasining turlari 4 5 So`z birikmasining tuzilishiga ko`ra turlari. So`z birikmalari haqidagi bilim sintaktik ta’limning tarkibiy qismlaridan biridir. So`z birikmasi so`zlarining ma’lum bir mantiqiy va grammatik qoidalar asosida birikishidan hosil bo`ladigan erkin sintaktik butunlik hisoblanadi. Biror so`z turkumiga oid birdan ortiq so`zlarning semantik va grammatik jihatdan o`zaro birikuvchi so`z birikmalarini yuzaga keltiradi. Masalan: tong shabodasi, chiroyli shahar, astoydil o`qish kabi. So`z birikmasining tiplari: 1. Otli so`z birikmalari 2.Fe’lli so`z birikmalari. 3. Ravishli so`z birikmalari. 4. Sifatli so`z birikmalari. 5. Modal so`z birikmalari. So`z birikmasida ayrim tushunchalarni ifoda qiluvchi so`zlar o`zaro sintaktik munosabatga kirishi, murakkab tushunchani anglatadi So`zlarning sintaktik munosabatiga kirishuvi uchun ichki ma’no mosligi hamda tashqi grammatik moslik va ularning uyg`unligi talab qilinadi: qorning sovuqligi, vatanni sevmoq, piyoda yurmoq kabi So`z birikmasining ma’nosi uning tashkil etgan komponentlar ma’nosidan kelib chiqadi: katta bino, bizning vazifamiz, yaxshi odam.
So`z birikmasida so`zlar miqdoridan tashqari komponentlar o`rtasida sintaktik aloqa bo`lishi shart shuning uchun ham yoza boshlamoq, o`ttiz besh kabilar so`z birikmasi hisoblanmay, qo`shma so`zlar bobida o`rganiladi. Chunki ular o`rtasida sintaktik aloqalar yo`q bo`lib, bitta leksik ma’no tushunchani anglatadilar. So`z birikmasi ikki komponent (qism)dan tashkil topadi: hokim komponent va tobe komponent So`z birikmasi tarkibida ma’nosi ravshanlashgan qism (so`z) hokim komponent, uning ma’nosini aniqlab, to`ldirib kelgan qism (so`z) tobe komponent hisoblanadi. So`roq hamma vaqt hokim komponentidan tobe komponentga berilishi shart Tobe komponenti hokim so`zidan berilgan so`roqqa javob bo`ladi. Masalan: rangli televizor (qanday televizor? - rangli ) Maktab darsliklarida so`z birikmasining hokim komponenti bosh so`z, tobe komponenti esa ergash so`z atamalari bilan ham izohlanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling