Mavzu: so’z birikmasi va sintaksisi


Download 207.76 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi207.76 Kb.
#1123103
Bog'liq
21.07 Qayumova Malikabonu

MAVZU: SO’Z BIRIKMASI VA SINTAKSISI

Topshirdi: Qayumova Malikabonu

Tekshirdi: Tillaboyeva Gulruh

Reja:

  • Sintaksis va uning turlari.
  • So’z birikmasi haqida to’liq ma’lumot.
  • So’z birikmasida so’zlarning o’zaro bog‘lanish usullari.

So’zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o’zaro birikuvidan so’z birikmalari va gaplar hosil bo’ladi. So’z birikmalari va gaplar o’z qurilishi va ifoda mazmuniga ko’ra farqlanadi. So’z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o’rganuvchi til bo’limi sintaksis deyiladi.

Sintaksis so’zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o’rganganligi uchun quyidagi bo’limlarga bo’linadi: 1. So’z birikmasi sintaksisi; 2. Gap sintaksisi. Til birliklari quyidagilar kiradi: tovush, qo’shimcha, so’z, so’z birikmasi, gap.

So’z birikmasi ikki va undan ortiq mustaqil so’z grammatik va ma’no jihatdan birikishi natijasida hosil bo’ladi. So’z birikmasi hokim va tobe so’zlardan tuziladi. Tobe so’z hokim so’zni aniqlab, to’ldirib, izohlab keladi. Turli turkum so’zlari hokim so’z vazifasida keladi.

So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo’linadi: otli so’z birikmasi va fe’lli so’z birikmasi. Otli so’z birikmasida hokim so’z ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi. Masalan: bizning qishloq, sizdan katta, qushlarning chug‘ur chug‘uri, askarlarning uchtasi, go’zal tabiat.

Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z fe’l bilan ifodalanadi. Masalan: testni yechmoq, olmani yemoq, sekin gapirmoq, chiroyli yozmoq, telefon orqali suhbatlashmoq. O’zbek tilida so’z birikmalaring tobe so’zi, asosan, hokim so’zdan oldin keladi.

So’z birikmalari quyidagi usullar yordamida bog‘lanadi: 1. Bitishuv; 2. Moslashuv; 3. Boshqaruv.

Bitishuv – so’z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so’zning hech qanday qo’shimchalarsiz, faqat ohang va ma’nosiga ko’ra bog‘lanishi. Grammatik vositasi – ohang va ma’nosiga ko’ra bog‘lanishdir. Masalan: tez yurmoq, chiroyli gapirmoq, mehribon ustoz.

Moslashuv – tobe so’zning hokim so’zga qaratqich kelishigi yordamida, hokim so’zning esa egalik qo’shimchalari yordamida bog‘lanishi. Grammatik vositasi – tobe so’z tarkibida qaratqich kelishigi mavjudligi, hokim so’z tarkibida egalik qo’shimchasi mavjudligi. Masalan: bizning maktabimiz, mashinaning g‘ildiragi, do’stimning maktubi.

Boshqaruv – tobe so’zning hokim so’zga tushum, o’rin-payt va chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchilar yordamida bog‘lanishi. Grammatik vositasi: tushum kelishigi: kitoblarni o’qimoq; jo’nalish kelishigi: maktabga bormoq; chiqish kelishigi: ko’chadan kelmoq; ko’makchilar: sayr haqida suhbat, onam uchun va h.k.


Download 207.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling