Mavzu: So‘z tarkibi


Download 353.8 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi353.8 Kb.
#140321
Bog'liq
15 Сўз таркиби

Mavzu: So‘z tarkibi


I. Darsning maqsadi:

1. Ta’limiy maqsad. O‘quvchilarga so‘zning tarkibi, asos va qo‘shimchalari haqida bilim berish

2. Tarbiyaviy maqsad. O‘quvchilarda mehnatga va kasbga bo‘lgan muhabbat hissini uyg'otish

3. Rivojlantiruvchi maqsad. O‘quvchilar og'zaki va yozma nutqini, o‘z fikrini erkin ifodalash malakasini rivojlantirish

Darsning metodi: Klaster, “Zinama-zina”, “O‘zingni angla”, “Tushuntirish”, “Savol-javob”, “Mantiqiy chalkash zanjir” metodi, “Muammoli o’qitish” texnologiyalari.

Darsning vositasi: Ona tili darsligi, tarqatma materiallar, (kompyuter videoproyektori), rag'bat kartochkalari, ko‘rgazmali qurollar (jadval).

Dars bosqichlari

Vaqt

I.Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b) sinf davomatini aniqlash;

d) o’quvchilarni darsga hozirlash.

5 daqiqa

II.Takrorlash

5 daqiqa

III. Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

V.Darsni yakunlash va baholash

5 daqiqa

VI.Uyga vazifa
  • daqiqa

Darsning texnik chizmasi:

Kun hikmati: Dunyoni o‘zgartrish istagidagi inson, avvalo, o‘zi o‘zgarmog‘i lozim.

Dars shiori: O‘zingga ishon, o‘zgadan qo‘rqma!!!

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashish, navbatchini tinglash, o‘quvchilar davomatini aniqlagach, sinfdagilarni dars jarayoniga moslashtirish uchun “Men kelajakda”, mavzusini dars mavzusiga bog‘lashda “o‘zingni angla” metodidan foydalaniladi. N a m u n a: MEN KELAJAKDA Men kelajakda ilmli inson bo‘laman. Hech shubhasiz, insonlarga nafi tegadigan ilmli shaxs bo‘lmoqchiman. Mening bobom shifokor bo‘lganlar. Men ham kelajakda ularning ishini davom ettiraman. Mening ona-yurtimning kelajagi porloqdir. Bugungi kunda o‘zbekistonimizni butun jahon ahli taniydi. Shu bois ham mening orzularim osmon qadar yuksak ekan, albatta, ularga yetishishga harakat qilaman.

II.Takrorlash: Bu jarayon berilgan uyga vazifani so‘rash mobaynida o‘tgan mavzu yuzasidan takrorlash amalga oshiriladi hamda o'tgan darsning uzviy davomi sifatida bugungi mavzuga bog‘lanadi. “Klaster” metodi orqali bilimlar jamlab olinadi. Matnidagi so‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’nolari o‘qituvchi nazoratida aniqlanadi.


Morfologiya

III. Yangi mavzu bayoni. “Tushuntirish” metodi orqali qoida tushuntiriladi: So‘z tarkibi asos va qo‘shimchadan iboratdir.


Asos + qo‘shimcha

Ish

Ish

O‘qit

Zakovat

-ni

-la

-uvchi

-li

So‘z


1-bosqich. Yozuv taxtasiga yangi mavzuga oid ko‘rsatmali qo‘llanma ilib qo‘yiladi. Keyin slayd orqali izohlanadi.

So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan qismi

Asos

2-bosqich


Qo‘shimcha

Mustaqil qo‘llana olmaydigan, asosga qo‘shilib, unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek, so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiladigan qism


3-bosqich. So‘zlarni asos va qo‘shimchaga ajrating va yangi yoki qo‘shimcha ma’no anglatayotgan qo‘shimchalarni toping. Bunda ajratilgan guruhlarga varaqalar tarqatiladi. O‘quvchilar so‘zlarni olib, asos va qo‘shimchaga ajratadilar. Ma’nolarini farqlaydilar. Bu og‘zaki tarzda bajariladi.


So’z ]

yasovchi qo’shimchalar

Ishсhi

Ishla


So’z

o’zgartuvchi qo’shimchalar

Ish

Ishni


Ishsiz

Ishga

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 1-topshiriq. “ Hamkorlik” texnologiyasi orqali berilgan so‘zlar ma’noli qismlarga ajratiladi va o‘qituvchi tomonidan umumiy fikrlar birlashtiriladi. Masalan: (-lar, -ga, -chi, -zor)


Ombor

Paxta


Kitob

Onam


Shaxs

Makon

Ko‘plik

Ataganlik

Keyingi bosqichda guruhlarga darslikdagi 42-mashq asosida “Zinama-zina” metodi ustida mashg‘ulot olib boriladi. Mashqda berilgan topshiriqni bajarib bo‘lgach, o‘quvchilar so‘zlardan zinalarni to‘ldirishlari kerak bo‘ladi. Qaysi guruh birinchi bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi va rag‘bat kartochkasi taqdim etiladi.


6-----------------------------------------------------------------------------------------

5------------------------------------------------------------------------------

4------------------------------------------------------------------

3-------------------------------------------------------

2----------------------------------------------

1------------------------------------


3-bosqich. “Individual ishlash” metodi orqali 43-mashq shartiga ko‘ra bajariladi. Keyin o‘quvchlardan bajargan vazifalariga izoh so‘raladi. Xato va kamchiliklari bo‘lsa, to‘ldirilib, mavzu yuzasidan ko‘nikmalar shakllantiriladi. 4-bosqich. 44-mashq asosida olib boriladi. Guruhlarga quyidagi so‘zlar beriladi va “ Kim eng ko‘p so‘z topa oladi” musobaqasi o‘tkaziladi. Bunga 3 daqiqa vaqt ajratiladi. Guruhga tarqatilgan varaqalardagi so‘zlar:


Bilim

Aql


Idrok

Non


Suv

Quyosh

4-bosqich. “Savol-javob”metodi orqali keyingi topshiriq bajariladi. Buning uchun guruhlarga alohida savol beriladi hamda javob “Fikrni davom ettir” o‘yini orqali qabul qilinadi. Birinchi guruh aytgan fikrlarni keying guruhlar navbatma-navbat to‘ldirib borishadi.


Bilim

Aql


Idrok

Morfologiya deganda nimani tushunasiz?

So‘z tarkibi haqida tushuncha bering.

“Do‘stlarimizni” so‘zining tarkibini aniqlang.

Guruhlar darsda egallagan bilimlarni sinash va mustahkamlash maqsadida “Mantiqiy chalkash zanjir” metodidan foydalaniladi. Bunda zanjirda to‘g‘ri va noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlar beriladi. Guruhlar esa noto‘g‘ri fikrlarni topib, ularni to‘g‘rilashlari kerak bo‘ladi.

Morfologiya so‘z va uning leksik ma’nosi, grammatik shakllarini o‘rganadi

Asos mustaqil ma’no anglatib, so‘z tarkibiga yangi ma’no beruvchi qism

Qo‘shimcha so‘zga faqat yangi ma’no hosil qilishga xizmat qiladigan qism



V. Darsni yakunlash va baholash:

Dars yakunida har bir guruh to‘plagan ballar hisoblanib, g'olib guruh aniqlanadi. g'olib guruh a’zolariga a’lo baholar qo‘yiladi. Shuningdek, dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar ham baholanadi.



Uyga vazifa: 45-mashqni shartiga ko‘ra bajarish.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 353.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling