Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari Bajardi: Mirjalolova Maftunaxon Omonjon qizi Tekshirdi: Eshboyeva Oysanam Soatmuratovna


Aleksandriyalik grammatistlar tuzgan so`z turkumi tizimi


Download 86.39 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi86.39 Kb.
#1601141
1   2   3   4
Aleksandriyalik grammatistlar tuzgan so`z turkumi tizimi
  • Aleksandriyalik grammatistlar tuzgan so`z turkumi tizimida ko`pgina kamchiliklar borligiga qaramasdan, masalan: undagi ot va fe`lning to`qnashadigan xususiyatlari, bu klassifikatsiya fan va maktab doirasida mustahkam o`rnashdi va hozir ham ba`zi o`zgarishlar bilan ishlatib kelinmoqda. Umuman ilmning rivojlanishiga aloqador bo`lgan tilshunoslik fikrining rivojlanishi, shuningdek, har xildagi tillarning chuqur o`rganilishi so`z turkumlarining avvalgi klassik tizimini qayta ko`rib chiqishga olib keldi.
  • F.I.Buslayev (1818-1897) ikki turdagi so`z turkumlarini ajratardi - mustaqil, bunga u ot, sifat, fe`lni kiritgan, hamda yordamchi so`z turkumlarini - olmosh, son, predlog, bog‘lovchi va ravish.
  • A.A.Potebnya (1835 - 1891) so`z turkumining shu bo`linishini saqlab turib ravishni mustaqil so`z turkumiga, ko`makchi fe`llarni yordamchi so`z turkumlariga kiritdi; olmosh esa uning tizimida alohida o`ringa ega.
  • So`z turkumlari haqida
  • So`z turkumlari guruhlardan yoki turlardan tashkil topganligi tufayli, ular bo‘yicha tildagi so`zlar taqsimlanadi, ularda so`zning ikki tomoni ham aks etilishi kerak. Bundan so`z tavsifi uchun ikki mezon kelib chiqadi - semantik va shakliy morfologik.
  • Semantik mezon muayyan so`zni keng ma`nodagi kategoriyaga bog‘laydi. Bunda predmet ma`nosini bildirgan so`zlar otlarning semantik turini tashkil etadi, predmet belgisini bildirgan so`zlar sifatlarning semantik turini tashkil etadi. Bu kriteriy ancha oldin berilgan va tillarda so`z turkumlarini ajratib ko`rsatishning differensial xususiyatlaridan biridir. Morfologik kriteriy ma`lum so`zni, uning morfologik xususiyatlariga ko`ra aniq turga ajratish uchun ishlatiladi. Masalan: turlanish paradigmasining mavjudligi shu paradigmaga ega bo`lgan so`z ot-so`z turkumiga mansubligini anglatadi. Albatta, agar bu morfologik xususiyat predmet semantik xususiyati bilan mos kelsa. Agarda turlanish paradigmasining mavjudligi sifat semantik xususiyiyati bilan mos kelsa, unda berilgan so`z sifat so`z turkumiga kiritilishi kerak.


Download 86.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling