2-ma’ruza mustaqil so‘zlarni o‘qitish metodikasi. Yordamchi so‘z turkumlarini o‘qitish metodikasi. Modal, undov va taqlid so‘zlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan metod va usullar. Ma’ruza rejasi


Download 22.27 Kb.
bet1/5
Sana26.02.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1233133
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza


2-MA’RUZA


Mustaqil so‘zlarni o‘qitish metodikasi. Yordamchi so‘z turkumlarini o‘qitish metodikasi. Modal, undov va taqlid so‘zlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan metod va usullar.
Ma’ruza rejasi:

  1. Morfologiya o‘qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.

  2. So‘zlarning grammatik ma’no ustida ishlash usullari.

  3. Mustaqil so‘zlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  4. Fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravish so‘z turkumlarini zamonaviy vositalar asosidao‘qitishni loyhalashtirish.

  5. Yordamchi so‘z turkumlarini o‘qitish metodikasi, modal, undov va taqlid so‘zlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan metod va usullar.

  6. Morfologik tahlil metodikasi.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga “Morfologiya” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari hamda metodikasi bo‘yicha tushuncha berishdan iborat.
Tayanch tushunchalar: Morfologiya, so‘z tarkibi, so‘zning asosi, qo‘shimcha, so‘z turkumlari, undov so‘zlar, undov so‘zlar, modal so‘zlar, taqlid so‘zlar.

MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
Maktabda morfologiya o‘qitishning ahamiyati va vazifalari. Morfologiya grammatikaning bir qismi no‘lib, so‘zning shakllari, bu shakllarining hosil bo‘lish yo‘llari va so‘zlarning ma’lum belgilar asosida guruhlarga, ya’ni so‘z turkumlariga bo‘linishiga qaratiladi. Ma’lumki, o‘quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar bilan boshlang‘ich sinflarda tanishadilar. So‘zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe’llar, olmoshlar, yordamchi so‘zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang‘ich sinfdan ma’lum.
Ona tilining izchil kursidan beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar avvalo boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi.
Maktabda morfologiya o‘qitishning ham ilmiy, ham amliy zaruruyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki, keying bosqichda o‘rganiladigan “Sintaksis” leksikologiyadan egallan zaruriy bilimlar mazkur bo‘limini o‘rganishda o‘z amaliy ifodasini topadi.O‘quvchi mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan tog‘ri hamda o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. bo‘limi bevosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs-son qo‘shimchalari garchnd morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. Qo‘shma gap sintaksisini o‘rganishning bevosita yordamchi so‘zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning amaliy ahamiyati shundaki, leksikologiyadan egallan zaruriy bilimlar mazkur bo‘limini o‘rganishda o‘z amaliy ifodasini topadi.O‘quvchi mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan tog‘ri hamda o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Morfologiya o‘qitishning vazifalari:
- o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakllarini hosil qilishda o‘rgatish; so‘z zahirasini oshirish,so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;
- so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish;
- imloviy savodxonlikni takomillashtirish;
- gap qurish va matn yaratish maalakalari ustida ishlash.
“Morfologiya” bo‘limini o‘rganish jarayonida tilning asosiy me’yorlari, so‘zning shu me’yorlar doirasida o‘zgarishi va yasalishi, so‘zni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli ishlatish prinsiplari bilan tanishadilar. So‘z turkumlari mavzusini o‘rganishdab so‘zning tarkibi, yasalish jarayoni bilan tanbishuv orqali o‘quvchilar so‘zning Grammatik va lug‘aviy xususiyatlarini kuzatish, farqlash, o‘zaro qiyoslash, ularni nutq vaziyatiga mos ravishda to‘g‘ri tanlash, to‘g‘ri qo‘llash malakalarini egallaydilar va lug‘at xazinasini boyitadilar.

Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling