Leksema ham serqirra mohiyatli lisoniy birlik
- Leksema ham serqirra mohiyatli lisoniy birlik, uning tasnifida bu jihat asosiy diqqat markazida turishi lozim. Chunki leksemaning har bir qirrasi alohida bir tasnifga asos bo’ladi. Uning har biri o’z o’rnida ahamiyatli.
- So’z turkumlarida leksika va grammatika, lison va nutq, til va borliq munosabatlari shunday qorishadiki, bu murakkab holat ularni tasniflashni murakkablashtiradi.
- So’z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlik. Modomiki, so’z turkumlari o’zida u yoki bu belgisiga ko’ra ajratilgan so’z guruhlari ekan, guruhga ajratishga doir muammolarni leksika, morfologiya va sintaksis bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar o’zlaricha hal etadi.
So’z turkumi soni va tarkibini aniqlash
- So’z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo’lgani kabi, o’zbek tilshunosligida ham, so’zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so’z turkumlarini ajratishda, asosan, ularning semantik xossasiga tayanish urf bo’lgan. Ayrim tilshunoslar tomonidan tasnifda ma‘noviy belgi bosh va yagona asos sifatida qaraladi. Ba‘zilar esa mezon sifatida mazkur uch belgini tan olgani holda so’zlarni ma‘noviy va sintaktik belgilari asosidagina guruhlashadi. So’z turkumlarining bir- biriga o’tishi, leksik va leksik-grammatik omonimiya masalasi esa bunda har xil qarama-qarshilik va ikkilanishlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
- So’z guruhlariaro munosabatlarning ochilishi u yoki bu belgi asosida so’z turkumining muayyan turini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun mantiqiy qarama-qarshilikdan qochish maqsadida formal mantiqning borliq hodisasini tasniflashga qo’yadigan asosiy talabidan biri bo’lgan «tasnifni faqat bir mezon asosida amalga oshirish, tasnifning ikki belgisini bir paytning o„zida qo„llab, ularni qorishtirmaslik» qoidasiga qat‘iy rioya qilish lozim
- Leksemalarning sintaktik tasnifi
- Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog’lana olish-olmasligi, gap bo’lagi bo’lib kela olish-olmaslik xususiyati o’z aksini topadi:
- gap bo’lagi bo’lishga xoslanmagan so’z: undov, modal, so’z-gap;
- gap bo’lagi bo’lishga xoslangan so’z: fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid, olmosh;
- sintaktik aloqa vositasi bo’lishga xoslangan so’z: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama.
- O'zbek tilshunosligi fani mustaqil taraqqiyot yo'li haqida
- Milliy istiqlol sharofati bilan o'zbek tilshunosligi fani mustaqil taraqqiyot yo'liga o'tdi. Milliy tilshunosligimizda mustaqil ilmiy yo'nalish — formal- funksional (shakl-vazifaviy) tahlil usuli shakllandi va oliy ta'limdan umumiy o'rta ta'limgacha filologiya yo'nalishlarida tadbiq etildi. Bugungi kunda o'zbek tilshunosligida shaxdam qadamlar bilan uch yo'nalish rivojlanmoqda:
- formal tahlil yo'nalishi
- formal - funksional tahlil yonalishi
- semantik - sintaktik tahlil yonalishi.
- Har uchala yo'nalish ham sistemaviy, ya'ni tilni sistemada deb tushunadi. Lekin har bir yo'nalish bu sistemani o'zicha tushunadi va tayanch birliklari o'ziga xosdir. Har bir yo'nalish tilga, ya'ni til tizimiyligiga turli tomondan yondashadi va ma'lum bir qirrasini ochishga, tavsiflashga xizmat qiladi.
- So'zlarni guruxlarga-so'z turkumlariga ajratish tamoyillari
- So'zlarni guruxlarga-so'z turkumlariga ajratish tamoyillari.Nutqimizda mavjud so'zlar bir-biridan ma'no va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Shunga ko'ra so'zlar ma'no va grammatik xususiyatlarning o'xshashligi jihatidan ayrim-ayrim leksik-grammatik guruhlarga-turkumlarga ajratiladi. So'zlarni turkumlarga ajratish uch tamoyilga tayanadi:
- leksik-semantik tamoyil;
- morfologik tamoyil;
- sintaktik tamoyil;
- Leksik-semantik tamoyil
- Leksik-semantik tamoyiliga ko'ra so'zlarni guruxlarga ajratishda uning leksik ma'nosiga qaraladi.
- Masalan: tuz, non, kitob, tinchlik, daryo, tog', osmon kabi so'zlar predmetlik ma'nosini (bunday so'zlar ot so'z turkumi deb nomlangan); katta ko'cha, shirin olma, tiniq osmon, ko'k ko'ylak kabi so'zlar predmetning belgisini (sifat deb nomlangan); asta o'qidi, do'stona gapirdi, tasodifan duch keldi, piyoda yurdi kabilar ish-harakatning belgisini (ravish deb nomlangan); beshta daftar, yuzlab odam, ikkinchi kurs, o'ntadan o'quvchi kabi so'zlar predmetning miqdorini, tartibini (son deb nomlangan) ifodalaydi.
- Ayrim so'zlar predmet, belgi, miqdor (men, sen, bu, shu, qachon, qancha, har kim, hech nima, qandaydir) kabilarni nomlab ko'rsatmasa ham, ularning mavjudligiga ishora qiladi. Bunday so'zlar olmoshlar deb nomlangan.
- Leksik-semantik tamoyil
- Ayrim so'zlar bormoq, kelmoq, yozmoq, kulmoq, uxlamoq kabilar harakat va holat ma'nosini (fe'l deb nomlangan) ifodalaydi.
- Tilda shunday so'zlar ham (bilan albatta, yo'q va ammo, uchun, chunki -mi, -chi, -eh, -oh, dupur-dupur kabi) borki, ular mustaqil holda leksik ma'no ifoda etmaydi, biror hodisaning atamasi nomi bo'la olmaydi. Bunday so'zlar hozirgi o'zbek tilida ko'makchi, bog'lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid so'zlar deb yuritiladi.
- Demak, bu tamoyilga ko'ra so'zlarni guruhlarga ajratishda ularning leksik-semantik xususiyati e'tiborga olinadi.
- Morfologik tamoyil
- Morfologik tamoyilga ko'ra so'zlarni guruhlarga ajratishda ularning morfologik shakllari asos qilib olinadi. So'zlarning qanday morfologik shaklda kelishi uning ma'no xususiyati bilan bog'liq. Masalan: predmet tushunchasini bildirgan so'zlar-otlar, egalik, kelishik, son kabi grammatik shakllarga ega; predmetning belgisini bildirgan so'zlar (sifat va ravishlar) daraja shakliga; harakat yoki holat ma'nosini bildirgan so'zlar -fe'llar nisbat, zamon, shaxs-son, mayl kabi shakllarga ega bo'ldi.
- Predmet yoki shaxsga ishora qilgan olmoshlar ham son, egalik, kelishik qo'shimchalarini olib, morfologik jihatdan o'zgarish xususiyatiga ega.
- Yuqorida sanab o'tilgan mustaqil holda tushuncha ifoda etmaydigan ko'makchi, bog'lovchi, yuklama, modal, undov va taqlid so'zlar otlashganda shakllarga ega emas. Undov va taqlid so'zlar otlashganda morfologik jihatdan o'zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |