Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari


So'z turkumlari haqida umumiy ma'lumot


Download 23.85 Kb.
bet7/10
Sana10.02.2023
Hajmi23.85 Kb.
#1187759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu So\'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari-genderi.org

So'z turkumlari haqida umumiy ma'lumot


  • So'zlarning leksik-sematik, morfologik va sintaktik tamoyiliga ko'ra guruhlarga ajratilishiga so'z turkumlari deyiladi. Demak, hozirgi o'zbek tilidagi barcha so'zlar shu uch tamoyilga tayangan holda so'z turkumlariga ajratilgan shunga ko'ra so'zlar quyidagi guruxlarga bo'linadi.

  • Mustaqil so'zlar: Ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish. Mustaqil holda leksik ma'no ifoda eta oladigan, biror morfologik shaklda kelib, gap bo'lagi vazifasini bajaradigan so'zlarga mustaqil so'zlar deyiladi.

  • Yordamchi so'zlar: ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalar. Ular leksik ma'no ifoda etmaydi va gap bo'lagi vazifasini bajarmaydi. So'z va gaplar orasidagi munosabatni belgilaydigan yoki ularga qo'shimcha ma'no qo'shadigan so'zlarga yordamchi so'zlar deyiladi.

So'z turkumlari haqida umumiy ma'lumot


  • Modal so'zlar. So'zlovchining aytilayotgan fikrga bo'lgan turli munosabatni bildiradigan so'zlar deyiladi. Modal so'zlar yuklamalar singari modal ma'no ifodalash uchun xizmat qiladi, lekin yuklamadan farqli ravishda gapda gap bo'lagi, butun bir gap tarzida kela oladi. Modal so'zlar biroor so'zning atamasi emas.

  • Undov va taqlid so'zlar. Undov so'zlar so'zlovchining his-hayajonini, buyruq-xitobini bildirsa; taqlid so'zlar turli tovush, shu'la-harakat, holat kabilarga tovush orqali taqlidni bildiradi. Undov taqlid so'zlar gap bo'lagi sifatida ham qo'llanadi. Lekin mustaqil so'zlar kabi biror hodisaning atamasi, nomi bo'la olmaydi. Shuning uchun ham undov va taqlid so'zlar ham alohida guruhni tashkil etadi.

So`z turkumlari (12 ta)

So`z turkumlari (12 ta)



Mustaqil so`z turkumlari


Yordamchi so`z turkumlari


Oraliq so`z turkumlari

6 ta

3 ta

3ta


  • ot
    2) sifat
    3) son

    4) olmosh


    5) fe’l

    6) ravish



  • ko`makchi

  • bog`lovchi

  • yuklama

  • undov

  • taqlid

  • modal

Download 23.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling