Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari


Download 23.85 Kb.
bet9/10
Sana10.02.2023
Hajmi23.85 Kb.
#1187759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu So\'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari-genderi.org

SIFAT SO’Z TURKUMI


  • Narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladigan so‘zlar turkumi sifat deyiladi. Sifat asosan otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlaydi. Masalan: oq ko‘ylak, kuzgi ekin, aqlli qiz, yumshoq non, o‘rtancha o‘g‘il. Bunda belgi bildiruvchi so‘z sifatlovchi, uni boshqarib kelgan ot esa sifatlanmish deyiladi.

  • Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanish mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamning, ko‘k qalamdan kabi. Sifat gapda asosan a) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Bir ozdan so‘ng yoqimli shamol esa boshladi; b) kesim bo‘lib keladi: Osmon tiniq.

  • Sifat ba’zan fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin. Bunday holda sifat ravish kabi gapda hol vazifasini bajaradi: U do‘stining yuragida kechayotgan tuyg‘ularni yaxshi tushunardi.

SON SO’Z TURKUMI


  • Son buyumning miqdori, tаrkibi, dаrаjаsi hаmdа son bilаn bog`liq tаkroriylik shuningdek hаjm, ko`lаm kаbi mаvhum tushunchаlаrini bildirа­digаn mustаqil mа`noli so`z turkumi hisoblаnаdi.

  • Shungа ko`rа sonlаr mа`no jihаtdаn quyidаgi turlаrgа bo`linаdi – sаnoq, tаrtib, jаmlovchi, ko`pаytiruvchi vа gumon sonlаr.

  • Sаnoq sonlаrgа kirаdigаn birliklаr yaxlit shаkldа mаvhum rаqаmlаrni ifodаlаb, son so`z turkumi tаrkibining аksаriyatini hаmdа boshqа turlаrgа mаnsub birliklаr yasovchi shаkllаrni tаshkil qilаdi.

FE’L SO’Z TURKUMI


  • Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi.

  • Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordam-chi fe’llar.

Download 23.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling