OT SO’Z TURKUM
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshka turkumlardan bir necha belgi —xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suh-batdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang , otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning , maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.
Anik, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan Otlar maʼnosiga koʻra, atokli va turdosh Otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi Otlar atokli Otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinedagi predmetlarning umumiy nomi turdosh Otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.
Otlarning yasalishi
So’zlarni qisqar
tirish bilan
Yasovchi qo’shimcha
So’zlarni qo’shish yoki juftlash bilan
So’zlarni takrorlash
Turkimidan turkimga so’z ko’chirish
Harakat yoki holatning belgisini ifoda qiluvchi mustaqil so'zlar turkumiga ravish deyiladi. Ravishlar asosan fe'lga bog'lanib keladi. Ular harakat holatning bajarilish tarzini (tez ishladi, sekin ishladi) harakatning miqdoriy belgisi (ko'p yurdi, oz yurdi, oz so'zladi), harakatning payti (tunov kun keldi, ertalab ketdi), harakatning o'rni (allaqayoqdan qo'ng'iroq qildi), harakatning sababi (noiloj rozi bo'ldi), harakatning maqsadi (atayin aytmadi) kabilarni ifoda etadi.
Shuning uchun ular gapda hol vazifasini bajaradi. Ravishlar ba'zan otga bog'lanib keladi. Bu vaqtda u gapda sifatlovchi vazifasini bajaradi.
Ravishlar daraja ifodalash xususiyatiga ega (kam gapirdi- oddiy daraja), kamroq so'radi (qiyosiy daraja), juda ko'p biladi (orttirma daraja).
Ravishlar maxsus yasovchi qo'shimchalarga ham ega: ruh (ot), ruhan (ravish), yangi (sifat), yangicha (ravish).
Do'stlaringiz bilan baham: |