Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari


Download 23.85 Kb.
bet5/10
Sana03.11.2023
Hajmi23.85 Kb.
#1744958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu So\'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari-genderi.org

Leksik-semantik tamoyil


  • Leksik-semantik tamoyiliga ko'ra so'zlarni guruxlarga ajratishda uning leksik ma'nosiga qaraladi.

  • Masalan: tuz, non, kitob, tinchlik, daryo, tog', osmon kabi so'zlar predmetlik ma'nosini (bunday so'zlar ot so'z turkumi deb nomlangan); katta ko'cha, shirin olma, tiniq osmon, ko'k ko'ylak kabi so'zlar predmetning belgisini (sifat deb nomlangan); asta o'qidi, do'stona gapirdi, tasodifan duch keldi, piyoda yurdi kabilar ish-harakatning belgisini (ravish deb nomlangan); beshta daftar, yuzlab odam, ikkinchi kurs, o'ntadan o'quvchi kabi so'zlar predmetning miqdorini, tartibini (son deb nomlangan) ifodalaydi.

  • Ayrim so'zlar predmet, belgi, miqdor (men, sen, bu, shu, qachon, qancha, har kim, hech nima, qandaydir) kabilarni nomlab ko'rsatmasa ham, ularning mavjudligiga ishora qiladi. Bunday so'zlar olmoshlar deb nomlangan.

Leksik-semantik tamoyil


  • Ayrim so'zlar bormoq, kelmoq, yozmoq, kulmoq, uxlamoq kabilar harakat va holat ma'nosini (fe'l deb nomlangan) ifodalaydi.

  • Tilda shunday so'zlar ham (bilan albatta, yo'q va ammo, uchun, chunki -mi, -chi, -eh, -oh, dupur-dupur kabi) borki, ular mustaqil holda leksik ma'no ifoda etmaydi, biror hodisaning atamasi nomi bo'la olmaydi. Bunday so'zlar hozirgi o'zbek tilida ko'makchi, bog'lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid so'zlar deb yuritiladi.

  • Demak, bu tamoyilga ko'ra so'zlarni guruhlarga ajratishda ularning leksik-semantik xususiyati e'tiborga olinadi.

Morfologik tamoyil


  • Morfologik tamoyilga ko'ra so'zlarni guruhlarga ajratishda ularning morfologik shakllari asos qilib olinadi. So'zlarning qanday morfologik shaklda kelishi uning ma'no xususiyati bilan bog'liq. Masalan: predmet tushunchasini bildirgan so'zlar-otlar, egalik, kelishik, son kabi grammatik shakllarga ega; predmetning belgisini bildirgan so'zlar (sifat va ravishlar) daraja shakliga; harakat yoki holat ma'nosini bildirgan so'zlar -fe'llar nisbat, zamon, shaxs-son, mayl kabi shakllarga ega bo'ldi.

  • Predmet yoki shaxsga ishora qilgan olmoshlar ham son, egalik, kelishik qo'shimchalarini olib, morfologik jihatdan o'zgarish xususiyatiga ega.

  • Yuqorida sanab o'tilgan mustaqil holda tushuncha ifoda etmaydigan ko'makchi, bog'lovchi, yuklama, modal, undov va taqlid so'zlar otlashganda shakllarga ega emas. Undov va taqlid so'zlar otlashganda morfologik jihatdan o'zgaradi.

Download 23.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling