Mavzu: So`z turkumlarining leksik va gramatik ma`nosi ustida ishlash o`quvchilarda asosiy sintaktiv tushunchalarni shakillantirishning shart –sharoitlari o`quv so`z birikmasi va gap ustida ishlash. Reja


Download 1.56 Mb.
bet5/10
Sana25.02.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1231095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ona tili adabiyot to`garak uchun bir kunlik inavatsion darslik

2.Dona sonlar bir turdagi narsani yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini anglatadi va sanoq songa –ta affiksini qo‘shish orqali shakllanadi: beshta, o‘nta, ikkita. Biroq, -ta affiksi bir soniga qo‘shilganda r undoshi t tovushiga o‘zgaradi: bir+ta= bitta.
Dona son hosil qiluvchi –ta affiksi numerativ so‘z o‘rnida ishlatiluvchi vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: Beshta qalam-besh dona qalam, to‘rtta talaba-to‘rt nafar talaba, yuzta qoramol-yuz bosh qoramol.
Ba’zan dona sonlar fe’l oldidan kelib, hol vazifasini bajaradi: Uning bitta gapirib, o‘nta kuladigan odati bor.
Boshqa miqdor sonlardan farqli ravishda, dona son hosil qiluvchi –ta affiksidan keyin ko‘plik ifodalovchi –lar affiksi hamda kelishik qo‘shimchalari qo‘shilmaydi. dona sonlar 1,2-shaxs birlikdagi egalik affiksi bilan ham deyarli qo‘llanmaydi. Faqat 3-shaxs egalik affiksini qabul qilib, otlashishi mumkin. Bunday holda dona sonlar turli kelishik affikslarini qabul qilishi va ot singari vazifalar bajarishi mumkin. Masalan: Birniki mingga, mingniki tumanga.
3.Taqsim sonlar narsaning miqdor jihatdan teng bo‘linganligini ifodalaydi. Taqsim son quyidagicha hosil bo‘ladi: a) sanoq songa – tadan qo‘shimchasini qo‘shish bilan: beshtadan, to‘rttadan; b) dona sonlarni takror qo‘llash orqali: ikkita – ikkita, to‘rtta – to‘rtta. Bunday holda takror qo‘llangan sonning ikkinchisiga –tadan affiksi qo‘shilishi ham mumkin: ikkita-ikkitadan kabi. Miqdor sonning bu turi numerativ so‘z bilan qo‘llanishi mumkin: ikki nusxadan, Besh donadan, yuz kelogrammdan.
Taqsim sonlar boshqa miqdor sonlar kabi ot va ot vazifasidagi so‘zlar yoki fe’l oldidan kelib, narsa yoki harakatning miqdoriy belgisini ko‘rsatadi: Navbatda turganlar bittadan, ikkitadan bo‘lib kela boshladi. 
Taqsim sonlar ham boshqa son turlaridan farqli ravishda egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi. Demak, ular otlashmaydi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling