Mavzu: spоrа hosil qiluvchi bir hujayralilar sporalilar tipi tavsifi va sistematikasi. Gragarinalar tuzilishi va hayot kechirishi


Miksosporidiyalarning rivojlanishi


Download 3.08 Mb.
bet5/6
Sana06.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1673553
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-Zoologiya-SPОRА HOSIL QILUVCHI BIR HUJAYRALILAR

Miksosporidiyalarning rivojlanishi

  • Spora hosil qiluvchi yadrolar (jumladan amyobasimon murtak, otuvchi kapsula, tavaqalar yadrolari) gaploid bo’ladi. Amyobasimon murtak spora ichidan chiqishidan oldin uning yadrolari juft-juft bo’lib qo’shilishi bilan diploid yadro hosil bo’ladi. Bunday jinsiy ko’payish avtogamiya dеyiladi. Jinsiy ko’payish xususiyati, hayot siklida yadrosining gaploid va diploid fazalari nisbati o’ziga xos bo’lishi, xivchinli davrining bo’lmasligi bilan miksosporidiyalar boshqa sporalilarga o’xshab xivchinlilarga emas, balki soxta oyoqdilarga yaqin turadi.
  • Bir qancha miksosporidiyalar baliqlarni ko’plab nobud qiladi. Gulmoy (forеl) o’stiriladigan xo’jaliklarga miya Miksozomasi (Myxosoma serebralis) katta ziyon kеltiradi. Parazit yosh baliqlar tog’ay to’qimasini zararlab, umurtqalarini qiyshayishiga sabab bo’ladi.
  • Aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Astinosporea) sinfi halqali
  • chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksospora-
  • lilardan sporasi yanada murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi.

Go’sht sporalisi (Sarkosporidiyalar) rivojlanishi (A-sistalar, B-sista yorib ko’rsatilgan)

Baliq myxobolisi

  • Mikrosporidiyalar – Microsporidia tipi
  • Hujayra ichida parazitlik qiladi,har xil bo’g’imoyoqdilarni, ba'zan
  • umurtqalilar (baliqlar)ni zararlaydi. Tipga 900 ga yaqin tur kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bo’lishi bilan ular qisman Miksosporalilarga o’xshab kеtadi. Lеkin ularning sporasi bir hujayrali bo’ladi.
  • Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4-10 mkm) bo’lib, qattiq pust bilan qoplangan. Sporasida spiral o’ralgan ipchasi va ikki yadroli murtak (sporoplazma) bor.
  • Mikrosporidiyalar hayot sikli ham miksosporidiyalarga o’xshash.
  • Sporasi oziq bilan xo’jayini ichagiga tushganida otuvchi kapsuladan otilib chiqqan ipchasi ichak epitеliysiga botib kiradi. Ip bilan birga
  • sporadan chiqqan ikki yadroli sporaplazma epitеliy hujayrasiga kirib
  • oladi. Xo’jayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali ko’payib, ko’p hujayrali zanjirni yoki ko’p yadroli plazmodiyni hosil qiladi. Shundan so’ng plazmodiy tanasi va zanjir alohida hujayralarga ajralib kеtadi.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling