Mavzu: sportning tashqi savdosini moliyalashtirish reja
Sport tovarlari bilan savdoda merchendayzing
Download 265.53 Kb.
|
9-10-11-Maruza
9.3.Sport tovarlari bilan savdoda merchendayzing
Ingliz tilidagi merchendayzing (merchandising) atamasi italyan tilidagi «mercante» - «savdogar» so‘zidan olingan bo‘lib, tom ma’noda savdo qilish, o‘z tovarlarini sotish san’ati ma’nosini anglatadi. Zamonaviy merchendayzing tarkibiga tovarlarni vitrinalarda va savdo binolari ichida joylashtirish, savdo amalga oshiriladigan joylar, magazinlarning old tomonlari va vыveskalarini bezatish, xaridorlarning magazinlarga tashrif buyurishini, tovarlarni tanash va xarid qilishini rag‘batlantirish kiritiladi. Merchendayzing tizimiga shuningdek, ichki reklama (jumladan, Indoor TV), yoritilish, hidlar, xaridorlar uchun qulayliklar, tozalik, tovarlarni o‘g‘irlashga qarshi kurash kiradi. Shunday qilib, merchendayzing usullari to‘plami juda keng bo‘lib, savdo biznesida muvaffaqiyatga erishish aynan ularni qo‘llash samaradorligiga bog‘liqdir. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan merchendayzing tizimi potensial mijozlarga hatto sport do‘koniga yaqinlashishda ham ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Magazinning yaxshi tashqi ko‘rinishi, uning fasadi, vitrinalar va tashqi reklama tasodifiy yo‘lovchilarni bu yerga tashrif buyurish, savdo zallaridan o‘tish, sinov tariqasida xarid qilish istagini hosil qilishi kerak. "Fasad" merchandayzingining ahamiyati shundan iboratki, zotan, bu bosqichda tegishli sharoitlarda foydaga aylanadigan mijozlar oqimining hajmi shakllanadi. Jalb etuvchan «fasad» merchendayzingining asosiy omillari quyidagilar hisoblanadi: magazinning joylashuvi; magazin «viveska»lari; nomi va oson tanib olinadigan savdo markalari; vitrinalar; fasadni bezatish dizayni va o‘ziga xosligi; magazinga kelish qulayligi va kirib kelish yo‘llari mavjudligi. Biz yuqorida savdo korxonasining to‘g‘ri joylashishining ahamiyati haqida gapirib o‘tgandik, shuning uchun aytib o‘tilgan boshqa omillarni qisqacha bayon qilamiz. Sport tovarlari do‘konlarining «viveska»lari umumiy fasad kompozitsiyasining zaruriy elementi hisoblanadi. Xaridorlarni jalb qilish maqsadida fasad «viveska» lari, original dizayni va maxsus shriftlarga ega devor dekorativ «viveska»lari, yorug‘lik (neon va lazer) «viveska»lari, tovar belgisi ko‘rinishidagi «viveska»lardan foydalaniladi. Jalb etuvchanlik ta’sirini oshirish va qorong‘ulikda yaxshi ko‘rinib turishi uchun fasadlar yo‘naltirilgan yoki tarqoq holdagi nurlar bilan yoritiladi. Sport tovarlari bilan savdo qilishda magaiznlar fasadlarini bezatishda ko‘pincha mashhur savdo markalarining nomlaridan foydalaniladi (q. 9.2-rasm). Download 265.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling