Mavzu: sssrda harbiy razvedka tizimi


Download 0.62 Mb.
bet1/8
Sana21.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1644403
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qamchinbekov Asadbek.

Namangan Davlat Universiteti IIjtimoiy fanlar fakulteti Tarix yoʻnalishi TRX CU-20 gruxi talabasi Qamchinbekov Asadbekning Harbiy sanʼat tarixi fanidan mustaqil ish.

Mavzu:SSSRda harbiy razvedka tizimi

Reja: 1.SSSRda harbiy razvedka tizimiga asos solinishi. 2.ChEKA,GPU,OGPU,NKVD,MGB havsizlik tizimlari. 3.KGB tashkiloti. 4.KGB ga xoyinlik qilgan agentlar (Dmitriy Polyakov )

KGB 1954-yil 13-mart sanasida tashkil etilgan bo‘lib, “Komitet gosudarstvennoy bezopasnosti” ning rus tilidagi qisqartmasidir. O‘zbek tilida bu “Davlat xavfsizlik qo‘mitasi” deb tarjima qilinadi. KGBning kelib chiqishi Nikolay II hukmronligi davriga, ya’ni 1881-yilda Oxrana deb nomlanuvchi maxfiy politsiya xizmati paydo bo‘lishiga borib taqaladi.

1917-yildagi inqilobdan keyin va bolsheviklar hukumatining dastlabki kunlarida Vladimir Lenin o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun Oxrana qoldiqlarini Cheka deb nomlangan tashkilotga aylantirdi. Tashkilot noldan yaratilmagan, aksincha ko‘p texnika, kadrlar va siyosiy yo‘nalishni undan oldin tashkil etilgan idoradan meros qilib olgan. Zamonaviy KGB 1954-yilda Moskvada “Kommunistik partiyaning qilichi va qalqoni” sifatida xizmat qilish uchun tashkil etilgan va Rossiyada, shu jumladan, NKVDda tashkil etilgan bir qator xavfsizlik agentliklari orasida eng kuchlisi va ta’sir doirasi

Sovet Ittifoqi davrida KGBning vazifalari mamlakatning siyosiy rahbariyatini himoya qilish, chegara qo‘shinlarini nazorat qilish va aholini umumiy kuzatishni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, KGB chet mamlakatlarda razvedka ma’lumotlarini to‘plash, qarshi razvedka, maxfiy politsiyani saqlash, ichki isyonlarni bostirish va elektron josuslik bilan shug‘ullangan. Oddiy agentlar va tahlilchilaridan tashqari, KGB harbiy korpus va chegarachilarni ham ish bilan ta’minlagan. Ushbu agentlik sovet mafkurasini singdirish va targ‘ibot bilan ham shug‘ullangan. 1991-yilda SSSR parchalanguniga qadar KGB dunyodagi eng yirik ayg‘oqchi va davlat xavfsizligi mashinasi bo‘lib, nafaqat Sovet Ittifoqi hayotining barcha jabhalarida qatnashgan, balki Sovet Ittifoqini dunyoning boshqa mamlakatlaridan, ayniqsa, G‘arbdan ajratib olishga harakat qilgan. KGBning asosiy funksiyalari va vazifasini kengroq tushunish uchun uning paydo bo‘lish xronologiyasini birgalikda ko‘rib chiqamiz.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling