Mavzu: sssrda harbiy razvedka tizimi


Download 0.62 Mb.
bet6/8
Sana21.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1644403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qamchinbekov Asadbek.

Birinchi uchrashuvda FQB xodimiga AQSh foydasiga xizmat qilish istagini bildiradi va AQShdagi elchixonaning 6 nafar shifrlovchi xodimi haqidagi ma'lumotni beradi. Ikki haftadan keyin u FQB xodimlari bilan yana uchrashadi va KGBning AQShda yashirin faoliyat olib borayotgan 47 nafar xodimi haqidagi ma'lumotni taqdim qiladi. Keyingi uchrashuvlardan birida esa Nyu-Yorkda noqonuniy tarzda faoliyat olib borayotgan va GRUning eng ishonchli zobitlaridan biri bo‘lgan Mariya Dobrova haqidagi maxfiy ma'lumotlarni beradi. Bu paytda Dobrova Nyu-Yorkdagi diplomatlar va BMTning yuqori martabali amaldorlari rafiqalari boradigan go‘zallik saloniga egalik qilardi. 1961 yil dekabrida uni qo‘lga olishga kelgan FQB agentlariga taslim bo‘lishni istamagan Dobrova derazadan sakrab, o‘z joniga qasd qiladi. O‘z navbatida, Polyakov, markazga Dobrova FQB tomonidan yollangani va uning o‘limi diqqatni chalg‘itish uchun sahnalashtirilgani haqida dezinformatsiya yubordi.

1962 yilda Moskvaga qaytishidan oldingi so‘nggi uchrashuvda MRBga SSSR bosh shtabi va GRUning xodimlari bo‘yicha o‘ta maxfiy ma'lumotlar qayd etilgan kitobni taqdim qiladi. U Moskvada ham AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ladi, unga «Burbon» operativ taxallusi beriladi.

1962 yilda Polyakov Moskvaga qaytariladi. Ko‘p o‘tmay u GRU 3-direksiyasining katta ofitseri etib tayinlandi va unga Nyu-York va Vashingtondagi GRU razvedka apparati faoliyatini nazorat qilish topshiriladi. Bu orada AQShdagi GRU agentlarning aksariyati fosh bo‘lishi bo‘yicha ichki tekshiruv boshlanadi va birinchi o‘rinda shubha ostida qolgan odamlardan biri aynan Polyakov edi. Uni bir necha marta tergovga chaqirishadi, rost yoki yolg‘on gapirayotganini aniqlovchi detektor yordamida so‘roq qilishadi. Biroq detektor Polyakov savollarga javob berishda yolg‘on gapirmayotganini ko‘rsatadi. Polyakov 1965 yilgacha Moskvada ishlaydi va bir necha o‘ta maxfiy operatsiyalarni amalga oshirib, juda muhim ma'lumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasiga yetkazib beradi. U yana AQShga qaytishi kerak edi, ammo bu orada muammo yuzaga keladi. Los Angeles Times gazetasi sud jarayonida uning nomi tilga olingani haqida yoza boshlaydi. Shu sabab GRU rahbariyati Polyakov xizmatidan Amerikada foydalanishni imkonsiz deb topadi va uni Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqda razvedka bilan shug‘ullanadigan boshqarmaga o‘tkazadi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling