Mavzu: Standart tarmoq protokollari. Reja: Kirish
Download 1.54 Mb.
|
Намуна Курс иши учун
- Bu sahifa navigatsiya:
- MB tillarini quvvatlash
Taksipark loyihasi.
TAKSIPARK ISHCHILAR BUGALTERIYA MASHINALAR OPERATORLAR XAYDOVCHILAR Predmet sohasini tahlil qilishni uch bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir: • kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; • axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; • predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual sxemasin loyihalashtirish. Kontseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish kerak: • foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish; • MBdan o’rin olishi lozim bo’lgan axborotlarga ishlov berish bo’yicha mavjud masalalarini aniqlash; • kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash; • tahlil natijalarini hujjatlashtirish. MB tillarini quvvatlash Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari so’rovlar bilan ularning intensivligi ko’rsatilgan ro’yxat va ma’lumotlarning hajmidan iborat. MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma’lumotlarni uning bo’lajak foydalanuvchilari bilan suhbat o’tkazish natijasida aniqlaydilar. Bunda axborotlarni kiritishga, yangilashga va o’zgartirishga bo’lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilarning talablari aniqlashtiriladi va to’ldiriladi. MB tillarini quvvatlash Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda ma’lumotlar bazasi tili dеb ataluvchi maxsus til ishlatiladi. Zamonaviy MBBT MB bilan ishlash uchun barcha kеrakli vositalarni yagona birlashgan til qo’llab quvvatlaydi. Hozirgi kunda rеlyatsion MBBT uchun kеng tarqalgan standart til – bu SQL (Structured Query Language) tilidir. -SQL tili rеlyatsion MB sxеmasini aniqlaydi va ma’lumotlar ustida (manipulyatsiya) ish yuritadi. Unda MB ob’еkti nomlariga (rеlyatsion MB uchun – jadval nomi va uning ustunlari) o’zgartirishlar kiritish SQL tili kompilyatori yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari uning ichki idеntifikatorlariga o’zgartirishlar kiritishni ham amalga oshiradi. MBBT ning ichki qismi (yadrosi) jadval nomlari va uning ustunlari bilan umuman ishlamaydi. -SQL tili o’z ichiga MB butunlik chеgarasini aniqlashning maxsus vositasini oladi. MBning butunligini tеkshirishni ta’minlaydi. MBni modifikatsiya qilish uchun kompilyatsiya vaqtida SQL kompilyatori mos dasturiy kodni gеnеratsiya qiladi. - SQL tilining maxsus opеratorlari MB «ko’rinish»lari dеb ataladigan jadvallarni aniqlashga imkon bеradi. Bu «ko’rinish»lar MB da nomlangan ustunlardan iborat so’rovlar shaklida saklanadi (rеlyatsion MB ga nisbatan ixtiyoriy so’rovning natijasi jadval bo’ladi). Foydalanuvchi uchun «ko’rinish», xuddi MB saqlanadigan ixtiyoriy bazaviy jadvaldеk, jadvaldir, lеkin «ko’rinish»lar yordamida konkrеt foydalanuvchi uchun MB ko’rinishini chеgaralash yoki kеngaytirish mumkin. «Ko’rinish»larni ko’llash SQL tili darajasida ham amalga oshiriladi. - MB obеktiga avtorizatsiya ruxsati SQL tilining maxsus oprеatorlar to’plami yordamida amalga oshiriladi. - MB ob’еktlariga ostuplar SQL opеratorlarining maxsus tuplami asosida yaratiladi. Bu еrdagi goya, xar xil foydalanuvchilar turli polnomochiyalarga ega bulishi kеrak. MB sining jadvalini yaratgan foydalanuvchi, shu jadval bilan ishlash polnomochiyalarini tulik tuplamiga ega. Bu tuplamga boshka foydalanuvchilarga barcha yoki ba’zi polnomochiyalarni bеrish xam kiradi, xudi shunday polnomochiyalarni bеrish polnomochiyasi xisobga olgan xolda. Foydalanuvchi polnomochiyalari maxsus jadval-kataloglarda yozilgan buladi va ularning kontroli SQL tili darajasida xam amalga oshiriladi. MBBT ning vazifalarini uch guruhga ajratish mumkin: - fayllarni boshqarish, ya'ni faylni ochish, nusxa olish, nomini o’zgartirish tuzilishini o’zgartirish, qayta hosil qilish, tiklash, hisobot olish, bekitish va boshqalar; - yozuvlarni boshqarish, ya'ni yozuvlarni o’qish, kiritish, tartiblashtirish, o’chirish va boshqalar; - yozuv maydonlarini boshqarish. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarni harflar dastasi yordamida kiritish, hisoblash, takroriy jarayonlarini amalga oshirish, ma’lumotlarni ko’rsatuv oynasi yoki bosmaga chiqarish MBBT ning vazifalari qatoriga kirmaydi. Bu vazifalar amaliy dasturlar yordamida bajariladi. Bunday dasturlar MBBTning maxsus dasturlash tillari orqali hosil qilinadi. Yuqorida keltirilgan vazifalar to’plami MBBT da uch turdagi dasturlarning bo’lishini talab qiladi: boshqaruvchi dastur, qayta ishlovchi (translyator) dastur va xizmat ko’rsatuvchi dastur. MBBT ishga tushishi bilan asosiy boshqaruvchi dastur xotirasiga yuklanadi. Boshqa dasturlar tegishli holda ishga tushiriladi. MBBTni turkumlashda mantiqiy tuzilish asos qilib olingan. Shuning uchun ham tarmoqli, pog`onali va relyatsion MBBTlari mavjud. Relyatsion MBBT lari keng tarqalgan bo’lib, ular jumlasiga dBase III Plus, FoxBase, Fox Pro, Clipper, dBase IV, Paradox va boshqalar kiradi. MBBT ikki tartibda: interpretatar va kompilyator tartibda ishlashi mumkin. Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin-ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so’ngra mashinina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin, ular xotiradan o’chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o’tadi va keyingi buyruqni bajarishaga kirishadi.Interpritator tartibida «exe» kengaytirmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylini hosil qilish uchun kompilyator tartibida foydalaniladi. Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo’ladi: boshlang`ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo’lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida esa Clario ishlaydi. MBBT foydalanuvchi bilan ma’lumotlar bazasi o’rtasidagi aloqani ta'minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funksiyalari menyu va dasturlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Menyu tartibi MBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funksiyani aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funksiyalarni bajarib bo’lgandan so’ng yana menyu holatiga qaytadi. Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpritator tartibida ishlaydi va foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi. MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir qatorda quyidagilar ham qo’yiladi: tilning to’liq bo’lishi; vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo’lishi; aniqlangan ma’lumotlarni to’liq qayta ishlash va boshqalar. Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko’ra turkumlarga ajratiladi. o’zgaruvchanlik; jarayonlilik; foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari arxitekturasi. Eng avvalo umumlashgan holda formal bo’lmagan tavsifga ega ma’lumotlar bazasi tuziladi. Bu ma’lumotlar bazasini tuzish har bir foydalanuvchilardan so’rovlar natijasida olingan tasavvurlarni birlashtirilib amalga oshiriladi. Bu insonlarga tushinarli bo’lgan ta’biiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqalar yordamida bajarilgan tavsiv ma’lumotlar bazasini loyihalashda ma’lumotlarning infologik modeli deyiladi. MBBT kerakli ma’lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modeli bo’yicha izlaydi. Demak, kerakli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat aniq bir MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma’lumotlar modeli ushbu MBBT ma’lumotlarni tavsivlash tilida tavsivlanishi kerak bo’ladi. Ma’lumotlarning infologik model bo’yicha yaratiladigan bunday tavsivga ma’lumotlarning datalogik modeli deyiladi. Bu uch darajadali arxitektura ma’lumotlarning saqlanishi unga ishlatiladigan dasturdan bog’liqmasligini ta’minlaydi. MBBT tanlash asosan ko’p hollarda ilova toifasiga bog’liq bo’ladi. Ilova toifasi MB murojat qilish usuli bilan aniqlanadi, u esa o’z navbatida rejalashtirilgan so’rovlar bilan aniqlanadi. Quyidagi toifalar farqlanadi: Toifa 1. Barcha yoki ko’p yozuvlar olish. Bu toifa kup hollarda ketma - ket qayta ishlash, katta hisobotlarni generatsiyalash va paketli (guruxli) qayta ishlash kiradi. Toifa 2. Keng yozuvlarni olish, murojaat faqat bitta yozuv amalga oshiriladi. Bu toifaga kuyidagilar kiradi: to’g’ridan- to’g’ri murojaat usuli, ixtiyoriy murojaat usuli, indeksli usul, binar daraxt usuli va boshqalar. Toifa 3. Birorta yozuvlarni olish. Ma’lumotlar bazasining tuzilmasi uning asosiga qo’yilgan ma’lumotlar modeli bilan belgilanadi. Тurli ma’lumotlar modellari mavjud, masalan, shajaraviy, tarmoqli, grafli va boshqalar. Azal-azaldan ma’lumotlar modellarining asosan uch xiliga juda ko’p bora murojaat etilgan. Bular relyatsion, tarmoqli va shajarali ma’lumotlar modellari bo’lib, ular «an’anaviy triada» deb ham nomlanadi. Ma’lumotlarning relyatsion tuzilmasi ХХ asr 60-yillarining oxirlarida bir qator tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan, ular orasida ushbu yo’nalishga eng katta hissa qo’shgan olim – IBM firmasining xodimi, doktor Edgar Kodd hisoblanadi. Ma’lumotlarning relyatsion modeli esa ushbu olim tomonidan 1975 yilda taklif etilgan. Bu modelda munosabat (relation) tushunchasi markaziy o’rinni egallaydi. Har xil bo’lishi shart bo’lmagan D1, D2, …, Dn to’plamlar berilgan bo’lsin. Har bir kortejning birinchi elementi D1 to’plamga, ikkinchi elementi D2 to’plamga, ..., n-elementi Dn to’plamga tegishli bo’lgan n-o’lchamli kortejlar to’plami d1, d2, …, dn ni qaraylik. Тarkibiy qismlari d1, d2, …, dn lar berilgan munosabatga tegishli bo’ladigan elementlar to’plami, ya’ni d1, d2, …, dn kortejlar R munosabat sifatida belgilanadi. Munosabatlarni yuzaga keltiradigan D1, D2, …, Dn to’plamlar domenlar, n soni – munosabat ko’rsatkichi, kortejlar miqdori esa munosabat quvvati deb ataladi. Relyatsion yondashuvda ma’lumotlar, inson uchun qabul qilinishi nisbatan tabiiyroq bo’lgan ikki o’lchamli jadvallar yordamida tasvirlanadi, ya’ni relyatsion munosabat jadval tarzida ifodalanadi. Jadvalning har bir satri kortejni ifodalaydi. Jadvalning ustunlari soni munosabatning ko’rsatkichiga, uning satrlari soni quvvatiga teng bo’ladi. Jadvalning ustunini atribut, ustun sarlavhasini – atributning nomlanishi, jadvalning sarlavha ostidagi elementini – artibut qiymati deb atashadi. Munosabat nomi va undagi atributlarning nomlanishi betakror (qaytarilmas) bo’lishi talab etiladi (atributlarning nomlanishi boshqa munosabatlarda qaytarilishi mumkin). Domenlar D1, D2, …, Dn to’plamlarda qaytarilishi mumkin. Relyatsion yondashuv asoschilaridan biri Deytning ko’rsatishicha, relyatsion model uch qismdan iborat bo’ladi: - tuzilma qismi; - bajariladigan amallar (manipulyatsiya) qismi; - yaxlitlik qismi. Modelning tuzilma qismida munosabatlar aniqlab olinadi. Relyatsion modelda mazkur munosabatlardan ma’lumotlarning yagona tuzilmasi sifatida foydalaniladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi barcha kerakli axborotni o’z ichiga olgan hamda turli aloqalar bilan birlashtirilgan munosabatlar jamlanmasidan iborat. Relyatsion ma’lumotlar bazalarida qo’llaniladigan asosiy tushunchalar sifatida quyidagilar e’tirof etiladi. Ma’lumotlar tipi – bu tushuncha dasturlash tillarida xuddi shu ma’noda qo’llaniladigan tushunchaga mos keladi. Hozirda mavjud bo’lgan barcha zamonaviy ma’lumotlar bazalari maxsus ma’lumotlar tiplarini ishlatish imkonini beradi. Bular – butun va suzuvchi vergulli kasr sonlar, simvollar va matn satrlari, mantiqiy ifoda, sana tipidagi ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan ma’lumotlar tiplaridir. Ko’pgina ma’lumotlar bazalarining serverlarida boshqa ma’lumotlar tiplari ham amalga oshirilgan. Masalan, binar axborotlarning yirik massivini saqlashga qaratilgan (BLOB), joriy etiladigan ob’ektlar uchun (OLE-ob’ekt) mo’ljallangan ma’lumotlar tiplari shular jumlasidandir. Domen – ma’lumotlar tipi qiymatlarining potensial to’plamidir. Domen ikki element – ma’lumotlar tipi va ma’lumotlarga nisbatan qo’llaniladigan mantiqiy ifoda bilan belgilanadi. Agarda ushbu mantiqiy ifodaning qiymati «to’g’ri (chin)» natijani taqdim etsa, ma’lumotlar nusxasi domenga taalluqli bo’ladi. Munosabat – sarlavha va unga mos ma’lumotlardan iborat bo’lgan ikki o’lchamli jadval. Sarlavha – chekli sondagi atributlar to’plami bo’lib, har bir atribut biror bir domenda aniqlangan hamda atributlar va domenlar orasida qat’iy o’zaro moslik mavjud bo’ladi. Keltirilgan nazariy tushunchalar relyatsion Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining til vositalari va dasturiy tizimlarini ishlab chiqishda qo’llaniladi. Amaliy ish jarayonida esa ular o’rniga ularning quyidagi noformal ekvivalentlari ishlatiladi: munosabat – jadval; atribut – kolonka yoki maydon; kortej – yozuv yoki ma’lumotlar qatori. Relyatsion modelning bajariladigan amallar qismida relyatsion bazalar bilan bajariladigan amallarning ikki asosiy mexanizmi – relyatsion algebra va relyatsion hisob (ischisleniye) belgilanadi. Bunda, ma’lumotlarga ishlov berishda to’plamlar nazariyasi elementlari, ya’ni to’plamlarning birlashmasi, kesishmasi, ayirmasi va dekart ko’paytmalaridan foydalanish kabi amallar nazarda tutiladi. Relyatsion modelning yaxlitlik qismi deganda ma’lumotlarni buzilmasligini ta’minlashga qaratilgan biror mexanizm tushuniladi. Yaxlitlik qismi relyatsion ma’lumotlar bazasining butunligiga qo’yiladigan ikki asosiy talabdan iborat bo’ladi, ya’ni mohiyatlarning butunligi va aloqalar bo’yicha butunlik. Mohiyatlar butunligi talabi xohlagan munosabatning xohlagan bir korteji uning boshqa xohlagan kortejidan farqli bo’lishi shartligini ifodalovchi talabdan iborat. Ushbu talab munosabatning tabiatiga mos keladi, ya’ni munosabat to’plam sifatida ifodalanadi. Тo’plamlar nazariyasida keltiriladigan ta’rifga ko’ra, to’plamda bir-biri bilan mos tushadigan, aynan bir xil elementlar mavjud bo’lmasligi zarur. Demak, munosabatda ham aynan bir xil kortejlar bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun mazkur munosabatda har bir kortejni qat’iy belgilab bera oladigan (identifikatsiya qiladigan) atribut yoki atributlar mavjud bo’ladi. Bu atribut yoki atributlar kalit deb nomlanadi. Kalit quyidagi talablarga javob berishi zarur: - qaytarilmas (betakror) bo’lishi; - minimal bo’lishi, ya’ni kalitdan xohlagan bir atributning chiqarib tashlanishi kalitning betakrorligini buzilishiga olib kelishi lozim. Kalitdagi atributlar soni mazkur munosabatning ko’rsatkichidan kichik bo’ladi. Biroq, munosabatning barcha atributlarini kombinatsiyasigina betakrorlikni ta’minlaydigan bo’lsa, kalit munosabatning barcha artibutlaridan ham tashkil topishi mumkin. Odatda munosabat bir necha kalitlarga ega bo’ladi. Bular ehtimoldagi kalitlar deb ham ataladi. Munosabatning barcha kalitlari orasidan bittasi birlamchi kalit sifatida tanlab olinadi. Birlamchi kalitni tanlashda kamroq sonli atributlarga ega kalitga ahamiyat qaratiladi yoki uzun matn qatorlaridan tashkil topgan kalitni birlamchi qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Amaliyotda birlamchi kalit sifatida ko’pincha raqamli maxsus atribut qo’llaniladi. Bu atribut avtoinkrement maydon yoki hisoblagich (schyotchik) kabi nomlar bilan ataladi. Uning qiymati trigger yoki Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari mexanizmi belgilab beradigan boshqa maxsus vositalar tomonidan hosil qilinadi. Mohiyatlar butunligi talabi birlamchi kalit yordamida amalga oshiriladi hamda zarur ma’lumotlarga yetishishda ushbu kalit qiymatidan foydalaniladi. Barcha Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarilarida birlamchi kalit orqali ma’lumotlarga yetishishni tezlashtirish uchun maxsus, indekslash deb nomlanuvchi mexanizm mavjud. Indeks, qo’pol qilib aytganda, daraxt ko’rinishiga ega invert (teskari) ro’yxat tarzida ifodalanadi va u har bir birlamchi kalit uchun yozuvning joylashgan haqiqiy o’rnini ko’rsatib beradi. Invert ro’yxatda indeks sifatida ko’rsatilgan atribut yoki atributlar guruhining har bir qiymati uchun mos birlamchi kalit qiymati (yoki bir necha mos qiymatlar) keltiriladi. Тabiiyki, turli MBBТ larda indekslar turlicha (masalan, lokal Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarilarida alohida fayllar sifatida) amalga oshirilgan, biroq indekslash tamoyillari barcha Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarilar uchun bir xil. Munosabatni birlamchi kalitdan farq qiluvchi atributlar tarkibidan foydalanib indekslash ham mumkin. Indeksning mazkur tipi ikkilamchi indeks deb nomlanadi va munosabatdagi ma’lumotlarga yetishish vaqtini kamaytirish hamda yozuvlarni tartiblash maqsadlarida qo’llaniladi. Shunday qilib, munosabat biror tarzda tartiblanmagan bo’lsada, indeks (lokal Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarilarda indeks fayli) doimo tartiblangan yozuvlardan iborat bo’ladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling