Mavzu: Standart turlari. Reja: Standart turlari va toifalari
Download 10.95 Kb.
|
Mavzu Standart turlari. Reja Standart turlari va toifalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Standart turlari va toifalari Xalqaro standart
- Mintaqaviy standart
- Milliy standart
- Rahbariy hujjat
- Texnikaviy shartlar (O„ZTSH)
- 2. O’zbekiston Respublikasida Standart turlari
Mavzu: Standart turlari. Reja: Standart turlari va toifalari Mavzu: Standart turlari. Reja: 1. Standart turlari va toifalari. 2. O’zbekiston Respublikasida standart turlari. 1. Standart turlari va toifalari Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir. Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjatdir. Davlatlararo standart “GOST” – bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir. STANDART TURLARI Xalqaro standartlar Mintaqaviy standartlar Davlatlararo standartlar Milliy standartlar Korxona standartlari Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir. Korxona standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir. Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin. Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) ham mavjuddir. Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi. Texnikaviy shartlar (O„ZTSH) – bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir. Yo„riqnoma (qoidalar) – instruksiya (pravila) – bu ishlarni yoki ularning ayrim bosqichlarini mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir. 2. O’zbekiston Respublikasida Standart turlari Standartlashtirish obyektlariga qo’yiladigan talablarni belgilovchi MTH lar quyidagi toifalarga bo’linadilar: 1. a) Xalqaro standartlar. Bu standartlar xalqaro standartizatsiya tashkiloti (ISO) tomonidan tasdiqlanadi. ISO strukturasi: assambleya, kengash ijroiya qo’mita texnikaviy buyro, texnikaviy komitet va markaziy kotibiyatlar. Mansablari: Prezident, vitseprezident, g’aznachi, bosh kotib. Rasmiy tillar: ingliz, frantsuz, rus tili. O’zbekiston 1. 01. 1994 yildan boshlab ISO ning a’zosi. O’zbekistonda O’zRST 1.7-97 standarti "Xalqaro standartlardan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish tartibi" ni belgilaydi. b) Mintaqaviy standartlar-standartlashtirish bo’yicha regional organlar tasdiqlaydi (GOST). 2. O’zbekiston respublikasi standartlari. Bu standartlarni: O’zbekiston respublikasi davlat standarti, Qurilish davlat qo’mitasi, Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, har qaysi o’ziga tegishli standartlarni tasdiqlaydi. Davstandart ro’yxatidan o’tkazadi. Standart tarkibidagi har qaysi belgi, so’z va raqam o’zining ma’no va mazmuniga ega. Misol. O’z. RST 1.1-92 1-Davstandart, 1. standart nomeri, 92-tasdiqlangan yili. O’z. RST ISO 9568-97-bu kompleks standartlar, qachonki standartlar o’zgarishsiz asosda qabul qilinib qo’llaniladi. 3. Tarmoq standartlari (TST) belgilangan tarmoqning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. (OST) O’zTST O’z RST. 1.9-95 standarti "Tarmoq standartlarini ishlab chiqish tartibi" ni belgilaydi. 4. Texnik shartlar. Bir tomondan ular me’yoriy hujjatlar bo’lishsa, boshqa tomondan esa konstruktiv hujjat hamdir. O’zRST 1.2-92 standarti "TSH larni ishlab chiqish tartibi" haqida yozadi. 5. Korxona standartlari KST (STP) 6. Boshqa me’yoriy hujjatlar: Boshqaruv hujjatlari (BX), tavsiyalar (T), me’yor va qoidalar, uslublar... va boshqalar. O’zRST 1.8-94 "Boshqaruv hujjatlarining ishlab chiqarish tartibi" ni belgilaydi. 7. CHet davlatlar standartlari, O’zRST 1.7-94 bu standartlarning qo’llanilish tartibini belgilaydi. Standartlashtirish obyekti va ularga qo’yilgan talablarga bog’liq holda standartlar quyidagi turlari mavjud Mahsulotlarga o’rnatiladigan standartlar-ular mahsulot turlariga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Umum-texnikaviy standartlar-terminlar va ta’riflar, belgilashlar, nomenklatura, umummiy talablar va me’yor, usullar. http://fayllar.org Download 10.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling