Mavzu: Standartlashning turlari
Download 240.19 Kb.
|
1 2
Bog'liqStandartlashning turlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Sifat va sifat nazorati haqida tushuncha
MUSTAQIL ISHk/t 504- ATurg'unova (G'aniyeva) BahoraSTANDARTLASHNING TURLARI Mavzu: Standartlashning turlariREJA:1. Standartlash sohasida me‘yoriy hujjatlarning toifalari2.Sifat va sifat nazorati haqida tushuncha3..Dori vositalar va tibbiy texnika, tibbiy buyumlarning standartlash4.. Standartlash maqsadlari , vazifalari.Standartlashtirish — bu mahsulot turlari, rusumlari, paramеtrlari, o’lchamlari va sifati bo’yicha hamda ishlab chiqarish tеxnologiyasi, sinash va nazorat qilish uslubi, mahsulotni joylash, rusumlash, saqlash va boshqalarga mе'yoriy birlik o’rnatishdir. Standart — bu standartlashtirish ob'еktlariga qoida, tartib va mе'yorlar majmuasini qo’yuvchi maxsus tashkilot tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo’yicha mе'yoriy-tеxnik hujjatdir Xalqaro standart — standartlashtirish bilan shug’ullanadigan xalqaro tashkilot qabul qilgan va istе'molchilarning kеng doirasiga mo’ljallangan standartdir. -Mintaqaviy standart — standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qiling’an va istе'molchilar kеng doirasiga mo’ljallang’an standartdir. -Milliy standart — standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va istе'molchilarning kеng doirasiga mo’ljallangan standartdir. Standartlashtirishning eng’ sodda uslublaridan biri simplifikatsiya hisoblanadi. Simplifikatsiya — standartlashtirishning bir turi bo’lib, foydalanilayotgan rusumlar, tiplar, sortamеntlarni, matеriallarni, jarayonlarni yoki boshqa mahsulotlarni istе'molchining birinchi kungi mavjud talabini qondirish nuqtai nazaridan ratsional (optimal) miqdorgacha chеklashdir. Bu ta'rif Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan qabul qilingan. Dori vositalari va tibbiy texnika buyumlarini reglamentlash sohasida yagona davlat siyosatini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 mayda 56 qabul qilgan 181 sonli qaroriga binoan Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil qilindi.Sog‟liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatinii nazorat qilish Bosh boshqarmasi tuzilmasi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarma zimmasiga dori hamda tashhis vositalari va tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish hamda amalga oshirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni, davolash, oziqlanish mahsulotlari hamda tibbiy texnikani ekspertizasi, standartlash va ro‘yxatga olish hamda sertifikatlashni amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga rahbarlik qilish masalalari yuklatilgan. Ekspertizastandartlash va davlat nazoratining mavjud nazorat tizimini takomillashtirish mazkur kontseptsiyaning dastlabki amaliy tatbig‘iga aylandi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqnii saqlash vazirligi tizimida nazorat tizimining barcha bo‘linmalarini birlashtirishga qodir tuzilmalarni yaratish, shu bilan birga dori vositalari va tibbiy texnikaning zamonaviy talablarga muvofiq sifatini nazorat qilishni ta‘minlash imkonini yaratdi. Sifatni ta‘minlash mezonlaridan biri mustaqil farmatsevtik nazoratni tashkil etishdir O‘zbekiston respublikasida ushbu vazifalar Bosh boshqarmaning Farmatsevtik inspektsiyasiga topshirilgan.Mazkur inspektsiya farmatsevtika tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari, dorixona, laboratoriyalar faoliyati nazoratini amalga oshiradi. Amaldagi nazorat tizimi doirasida DV va tibbiy texnika sifatininazorat qilish Bosh boshqarmaning Dori vositalarini Ekspertizalasva Standartlash Davlat markazi qoshidagi tahlil laboratoriyalari orqali amalga oshiriladi.Ularning barchasi «Uzstandart‖ Agentligi tomonidan sinov laboratoriyalar sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.Mazkur laboratoriyalarning uslubiy markaz Bosh boshqarma ning Dori vositalarini Ekspertizalash va Standartlash Davlat Markazidir (DVSEDM). DVESDM ning asosiy vazifasi dori, tashhis vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar hamda davolash oziqovqat mahsulot lari sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan iboratdir. DVSDEM tasarrufida 4ta laboratoriya mavjud bo‘lib, ular dori vositalari, mahalliy va xorijiy tibbiyot texnikasi,tibbiyot buyumlari sifatini tekshirish xamda sinovlardan o‘tkazish bilan bilan mashg‘ul. Bosh boshqarma tizimida bemorlar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlik hamda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarning talablariga tibbiy mahsulotlar (shu jumladan sertifikatlash)ga mutanosiblik sinovlari paytida haqqoniy va ob‘ektiv axborot olish uchun tuzilgan tibbiy texnika, asbob-uskuna hamda tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Laboratoriya sinov asbob-uskunalari va o‘lchov vositalari bilan ta‘minlangan o‘lchovlar hamda sinovlar o‘tkazish uchun me‘yoriy va boshqa standartlar(ГОСТ, OСT, ISO) kabi hujjatlar majmuasiga egadir.Laboratoriya Dori vositalari ekspertizasi va standartlash Davlat markazi (DVESDM) tarkibiga kirib hamda u orqali boshqa idoralar tashkilotlar va korxonalar bilan shartnoma asosida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi. Tibbiyot buyumlari sohasida davlat siyosatini shakllantirish, muammolarini hal etishda etakchi o‘rinlardan birini YAngi tibbiy texnika Qo‘mitasi egallaydi. Qo‘mita Bosh boshqarmaning tuzilmaviy bo‘g‘ini bo‘lib, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar xamda tashxis vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini ta‘minlashga da‘vat etilgan. Mamlakatimiz hududida mahalliy va xorijiy davlatlar tibbiy texnika va tibbiyot buyumlarini tibbiy maqsadlarda qo‘llashga ruxsat berish ushbu Qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Qo‘mita xalqaro qoidalarga va standartlarga, shu jumladan Standartlash bo‘yicha xalqaro kengash (ruscha: ISO) va Xalqaro elektr texnikasi komissiyasi (ruscha: MEK) talablariga amal qilib, tibbiy texnikaning qayd sinovlarini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi, yangi tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, tegishli shahodatnoma beradi hamda uni tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari Davlat Reestri ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy va horijiy tibbiyot texnikasi hamda tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish tartibini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, mamlakatga tibbiy uskunalar hamda tibbiy buyumlarni olib kirishda oddiy tartib o‘rnatish imkoniyatini yaratdi. Tibbiyot amaliyotidaqo‘llashaga ruhsat etilgan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi‖.(Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati‖ to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 3-modda. 1997yil 25 aprel ). DV va tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish tizimiga kiradigan tashkilotlar dori vositasi yoki tibbiy texnika,tibbiy buyumlar sifatini tavsiflovchi zarur standartlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga egadir: farmakopeya maqolalari(FS), vaqtinchalik farmakopeya maqolalari(VFS), tarmoq standartlari, texnik shartlar (TU), Amerika Farmakopeyasi(USA Pharmacopoeia) Britaniya ( The British Pharmacopoeia)Hindiston (The India Pharmacopoeia), Germaniya, Evropa, Yaponiya, Xalqaro standartlar (ИСO-ISO) Xalqaro elektrotexnik ha‘ati MEK) va boshqalar. Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi standartlashtirish, metrologiya, dori vositalari, diagnostika vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish va sertifikatlash bo'yicha Markazning ajralmas qismidir. Laboratoriya 1992 yilda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 379-sonli buyrug'i bilan tashkil etilgan. Download 240.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling