Mavzu: Standartlashning turlari


Download 240.19 Kb.
bet1/2
Sana27.12.2022
Hajmi240.19 Kb.
#1067582
  1   2
Bog'liq
Standartlashning turlari (2)

MUSTAQIL ISH

k/t 504- A

Turg'unova (G'aniyeva) Bahora


STANDARTLASHNING TURLARI

Mavzu: Standartlashning turlari

REJA:

1. Standartlash sohasida me‘yoriy hujjatlarning toifalari

2.Sifat va sifat nazorati haqida tushuncha

3..Dori vositalar va tibbiy texnika, tibbiy buyumlarning standartlash

4.. Standartlash maqsadlari , vazifalari.


Standartlashtirish — bu mahsulot turlari, rusumlari, paramеtrlari, o’lchamlari va sifati bo’yicha hamda ishlab chiqarish tеxnologiyasi, sinash va nazorat qilish uslubi, mahsulotni joylash, rusumlash, saqlash va boshqalarga mе'yoriy birlik o’rnatishdir.
Standart — bu standartlashtirish ob'еktlariga qoida, tartib va mе'yorlar majmuasini qo’yuvchi maxsus tashkilot tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo’yicha mе'yoriy-tеxnik hujjatdir
Xalqaro standart — standartlashtirish bilan shug’ullanadigan xalqaro tashkilot qabul qilgan va istе'molchilarning kеng doirasiga mo’ljallangan standartdir.
-Mintaqaviy standart — standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qiling’an va istе'molchilar kеng doirasiga mo’ljallang’an standartdir.
-Milliy standart — standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va istе'molchilarning kеng doirasiga mo’ljallangan standartdir.
Standartlashtirishning eng’ sodda uslublaridan biri simplifikatsiya hisoblanadi. Simplifikatsiya — standartlashtirishning bir turi bo’lib, foydalanilayotgan rusumlar, tiplar, sortamеntlarni, matеriallarni, jarayonlarni yoki boshqa mahsulotlarni istе'molchining birinchi kungi mavjud talabini qondirish nuqtai nazaridan ratsional (optimal) miqdorgacha chеklashdir. Bu ta'rif Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan qabul qilingan.
Dori vositalari va tibbiy texnika buyumlarini reglamentlash sohasida yagona davlat siyosatini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 mayda 56 qabul qilgan 181 sonli qaroriga binoan Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil qilindi.Sog‟liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatinii nazorat qilish Bosh boshqarmasi tuzilmasi Dori vositalari 
va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarma zimmasiga dori hamda tashhis vositalari va tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish hamda amalga oshirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni, davolash, oziqlanish mahsulotlari hamda tibbiy texnikani ekspertizasi, standartlash va ro‘yxatga olish hamda sertifikatlashni amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga rahbarlik qilish masalalari yuklatilgan.
Ekspertizastandartlash va davlat nazoratining mavjud nazorat
tizimini takomillashtirish mazkur kontseptsiyaning dastlabki amaliy tatbig‘iga aylandi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqnii saqlash vazirligi tizimida nazorat tizimining barcha
bo‘linmalarini birlashtirishga qodir tuzilmalarni yaratish, shu 
bilan birga dori vositalari va tibbiy texnikaning zamonaviy 
talablarga muvofiq sifatini nazorat qilishni ta‘minlash imkonini
yaratdi.
Sifatni ta‘minlash mezonlaridan biri mustaqil farmatsevtik nazoratni tashkil etishdir O‘zbekiston respublikasida ushbu vazifalar Bosh boshqarmaning 
Farmatsevtik inspektsiyasiga topshirilgan.Mazkur inspektsiya farmatsevtika tizimiga kiruvchi
ishlab chiqarish korxonalari, dorixona, laboratoriyalar faoliyati 
nazoratini amalga oshiradi.
Amaldagi nazorat tizimi doirasida DV va tibbiy texnika sifatininazorat qilish Bosh boshqarmaning Dori vositalarini Ekspertizalasva Standartlash Davlat markazi qoshidagi tahlil laboratoriyalari orqali amalga oshiriladi.Ularning barchasi «Uzstandart‖ Agentligi tomonidan sinov laboratoriyalar sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.Mazkur laboratoriyalarning uslubiy markaz Bosh boshqarma
ning Dori vositalarini Ekspertizalash va Standartlash Davlat 
Markazidir (DVSEDM).
DVESDM ning asosiy vazifasi dori, tashhis vositalari, tibbiy
texnika va tibbiy buyumlar hamda davolash oziqovqat mahsulot lari sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan iboratdir.
DVSDEM tasarrufida 4ta laboratoriya mavjud bo‘lib, ular dori vositalari, 
mahalliy va xorijiy tibbiyot texnikasi,tibbiyot buyumlari sifatini
tekshirish xamda sinovlardan o‘tkazish bilan bilan mashg‘ul.
Bosh boshqarma tizimida bemorlar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlik 
hamda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarning talablariga
tibbiy mahsulotlar (shu jumladan sertifikatlash)ga mutanosiblik sinovlari
paytida haqqoniy va ob‘ektiv axborot olish uchun tuzilgan tibbiy 
texnika, asbob-uskuna hamda tibbiy buyumlar sifatini nazorat 
qilish laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Laboratoriya sinov asbob-uskunalari va o‘lchov vositalari bilan ta‘minlangan o‘lchovlar hamda 
sinovlar o‘tkazish uchun me‘yoriy va boshqa standartlar(ГОСТ, OСT,
ISO) kabi hujjatlar majmuasiga egadir.Laboratoriya Dori vositalari 
ekspertizasi va standartlash Davlat markazi (DVESDM) tarkibiga
kirib hamda u orqali boshqa idoralar tashkilotlar va korxonalar bilan shartnoma asosida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi.
Tibbiyot buyumlari sohasida davlat siyosatini shakllantirish, muammolarini 
hal etishda etakchi o‘rinlardan birini YAngi tibbiy texnika Qo‘mitasi egallaydi. 
Qo‘mita Bosh boshqarmaning tuzilmaviy bo‘g‘ini bo‘lib, tibbiy texnika va tibbiy 
buyumlar xamda tashxis vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash bo‘yicha 
yagona davlat siyosatini ta‘minlashga da‘vat etilgan.
Mamlakatimiz hududida mahalliy va xorijiy davlatlar tibbiy texnika va 
tibbiyot buyumlarini tibbiy maqsadlarda qo‘llashga ruxsat berish ushbu 
Qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qo‘mita xalqaro qoidalarga va standartlarga, shu jumladan Standartlash 
bo‘yicha xalqaro kengash (ruscha: ISO) va Xalqaro elektr texnikasi komissiyasi 
(ruscha: MEK) talablariga amal qilib, tibbiy texnikaning qayd sinovlarini tashkil 
qiladi hamda muvofiqlashtiradi, yangi tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni tibbiyot 
amaliyotida qo‘llanishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, tegishli shahodatnoma beradi 
hamda uni tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari Davlat Reestri ro‘yxatiga kiritish 
to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy va horijiy tibbiyot texnikasi hamda 
tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish tartibini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, 
mamlakatga tibbiy uskunalar hamda tibbiy buyumlarni olib kirishda oddiy tartib 
o‘rnatish imkoniyatini yaratdi.
Tibbiyot amaliyotidaqo‘llashaga ruhsat etilgan dori vositalarining, tibbiy 
buyumlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan belgilanadi‖.(Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati‖ to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 3-modda. 1997yil 25 aprel ).
DV va tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish tizimiga 
kiradigan tashkilotlar dori vositasi yoki tibbiy texnika,tibbiy buyumlar 
sifatini tavsiflovchi zarur standartlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga egadir: farmakopeya maqolalari(FS), vaqtinchalik farmakopeya maqolalari(VFS), tarmoq standartlari, texnik shartlar (TU), Amerika Farmakopeyasi(USA
Pharmacopoeia) Britaniya ( The British Pharmacopoeia)Hindiston (The India Pharmacopoeia), Germaniya, Evropa, Yaponiya, Xalqaro standartlar (ИСO-ISO) Xalqaro elektrotexnik ha‘ati MEK) va boshqalar.
Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi standartlashtirish, metrologiya, dori vositalari, diagnostika vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish va sertifikatlash bo'yicha Markazning ajralmas qismidir. Laboratoriya 1992 yilda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 379-sonli buyrug'i bilan tashkil etilgan.

Download 240.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling