Mavzu: Stanok truboprovodlarini ta`mirlash


Download 121.27 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi121.27 Kb.
#1237884
Bog'liq
Isayev MI1


Mavzu: Stanok truboprovodlarini ta`mirlash.
Reja:

  1. Mashina detallarining ishqalanishi va yeyilishi.

  2. Moylash tizimi.

  3. Moylash usullari.

Mashina detallarining ishqalanishi va yeyilishida detallarni moylashning ahamiyati juda katta.Dastgohlarning detallarini moylash individual va markazlashtirilgan usullarda amalga oshiriladi.


Individual moylash davriy va to’xtovsiz amalga oshirilishi mumkin. O’z navbatida davriy moylash majburiy bo’lmagan bosim (maslenkalar) va majburiy bosim ostida (qo’lda yuritiladigan bir plunjerli nasoslar) amalga oshiriladi. To’xtovsiz individual moylash ham majburiy bo’lmagan bosim (moyli vanna, markazdan qochirma kuchlar yordamida sepish, tomchi maslenkalar orqali va boshqalar) va majburiy bosim ostida (lopastli, plunjerli va shesternyali nasoslar) amalga oshirilishi mumkin.
Markaziy moylashda bitta nasos yordamida moy bir nechta moylash uskunalariga yuboriladi. Moylashni amalga oshirish vaqtiga qarab markaziy moylash davriy va to’xtovsiz moylashga bo’linadi. Davriy,markazlashgan moylash,majburiy bosimsiz (guruhli rostlanadigan va rostlanmaydigan maslenkalar) va majburiy bosim ostida (davriy ishlaydigan maslenka va nasoslar) amalga oshiriladi.
Markazlashtirilgan to’xtovsiz moylash majburiy bo’lmagan bosim ostida tomchilab sepish usuli va o’z-o’zidan oqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Majburiy bosim ostida moylashga mexanik yuritma bilan ko’p nuqtaviy moylash kiradi.
1,a-rasmda maslenka va rezervuar maslenkasi ko’rsatilgan. Moyning tez oqib ketishini oldini olish uchun maslenka tubida voylok o’rnatilgan, u filtr va moy dozatori vazifasini bajaradi. 1,b-rasmda fitilli maslenka ko’rsatilgan. Uning mahsuldorligi soatiga 0,5 dan 5 sm3 gachani tashkil qiladi. Fitillarni tugilmagan jundan tayyorlagan yaxshi. Fitilni o’rnatish uchun mo’ylabchalar 5 va maxsus xalqa 4 hizmat qiladi. Moy rezervuar 2 dan fitil 1 orqali o’z-o’zidan oqishi natijasida kanal 3 ga va moylash joyiga uzatiladi. 1,d-rasmda berkitish ignasi bo’lgan maslenka ko’rsatilgan. Moylashni amalga oshirish uchun teshik 3 ni berkitib turgan igna 2 ni dastak yordamida ko’tariladi, bunda maslenkadagi moy ishqalanuvchi yuzalarga oqib tushadi. Uzatiladigan moy miqdori gayka 1 orqali rostlanadi. Gaykani aylantirib ignani ko’tarish yoki tushirish mumkin. Maslenkani ishlashini kuzatish teshikchasi 4 orqali tekshirish mumkin.
1,v-rasmda qalpoqli maslenka (tavotnisa) ko’rsatilgan, u ishqalanuvchi detallarni konsistent moy bilan moylash uchun xizmat qiladi. Moy maslenka rezervuariga joylashtiriladi, qalpoqchani burab siqqanda rezervuar ichida bosim hosil qilib moylanadigan yuzalarga moyni borishiga majbur qiladi.
Tezliklar qutisi va boshqa korpuslarda moyning ma’lum miqdorini ta’minlash uchun maxsus moy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.

1-rasm. Individual moylash uchun maslyonkalar a- rezervuarlu; b- fitilli; d-tomchili; v-qalpoqli

2,a-rasmda zichlash shaybasi 1, shtuser 2, markazida moy darajasini kuzatish chiziqchalari bo’lgan, ochiq qirqimli 4, metalli trubka 3, qopqoq 5 va moyni tushirish uchun tiqin 6 bo’lgan moy ko’rsatkichi keltirilgan. Bunday konstruksiyani kamchiliklari shundan iboratki, trubkasimon moy quygichlarni oson sinishi va bundan tashqari ularning 75, 100 va 150 mm ga ega balandligi H dastgoh gabaritlarini oshiradi.


2.b-rasmda dastgoh o’zida joylshtirilgan moy ko’rsatkich keltirilgan. Bu moy ko’rsatkich konstruksiyasida trubkali moy ko’rsatkich kamchiliklari yo’q. Dastgohda joylashtirilgan moy ko’rsatkich korpus 1, shishali kuzatish teshigi 2 dan tashkil topgan. Mustahkamlash vintlari 3 va zichlangan tiqindan tashkil topgan.

2-rasm. Moylash kursatkichlar; a- trubkali; b- dastgohda o’rnatilgan; d-shchup yordam

2,d-rasmda moy ko’rsatkichining sodda konstruksiyasi keltirilgan. Vannadagi moy darajasi shchup yordamida aniqlanadi, ammo buning uchun dastgohni to’xtatib, shchupni tozalab, maxsus teshik orqali vannaga botirib olish kerak. Shchupda qolgan moy izlarini shchupdagi nazorat chiziqchalari bilan solishtirib vannadagi moy darajasi haqida xulosa qilish mumkin.


2.3-rasmda markazlashtirilgan moylash sxemasi keltirilgan.

2.3-rasm. Moylashni markaziy uzatish sxemasi
Bak 1 dan shesternyali nasos 2 bilan filtr rezervuar 4 ga moy uzatiladi. Bu yerda moy filtrlanib, sovitiladi va truba quvurlar orqali kerakli joyga uzatiladi. Filtr 4 dan chiqadigan moyning haroratini aniqlash uchun termometr 5 mavjud. Ortiqcha moy 3 orqali saqlash bakiga qaytariladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Texnologiya mashinostroyeniya: v 2 t. T.l. Osnovq texnologii mashinostroyeniya: Uchebnik dlya vuzov / V.M. Bursev i dr.; pod red. A.M. Dalg‘skogo-M.: Izd-vo MGTU im. N.E. Baumana 1998-564 s.
2. Texnologiya mashinostroyeniya: v 2 t. T.2. Proizvodstvo mashin: Uchebnik dlya vuzov / V.M. Bursev i dr.; pod red. G.N. Melg‘nikova - М.: Izd-vo MGTU im. N.E. Baumana 1998-640 s.
3. Yegorov M.Ye., Dementpev V.I., Dmitriyev V.A. Texnologiya mashinostroyeniya. М.: Vqsshaya shkola, 1976-534 s.
4. Karatayev S.A. Texnologiya mashinostroyeniya (spetsialpnaya chastp). Kiyev: Vqsshaya shkola, 1984-272.
Download 121.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling