Mavzu: Statika. Statika aksiomalari. Erkli va erksiz jismlar. Bog'lanish reaksiyalari Oars
Download 0.92 Mb.
|
Tex mexanika maruza
Sirpanish podshipniklari. Sirpanish podshipniklari ko'tgchilik hollarda ikkita asosiy element, ya'ni korpus va antifriktsion materialdan tayyorlanadigan vkladishlardan iborat. Sirpanish podshipniklarni turtki va zarbalarga unchalik sezgarmasligi, suyuqlayin ishqalanishda ish yuzalarining chidamligi katta ekanligi ularning afzalligi bo'lsa; qurukdayin ishqalanishda FIK ning nisbatan kichikligi, o'q yo'nalishida o'lchamlarining kattaligi va ancha moy sarflanishi kamchiligiga kiradi. Qabul qilinadigan yuklanishning yo'nalishiga qarab sirpanish podshipniklari radial podshipniklarga bo'linadi. Tirak podshipniklar o'q bo'ylab yo'nalgan nagruzkalarni qabul qiladi. Bir yo'la radial va o'q bo'ylab yo'nalgan nagruzkalarni qabul qilish uchun radialtirak podshipniklari mavjud. Sirpanish podshipniklarini konstruktsiyalari yaxlit va ajratiladigan podshipniklarga bo'linadi.
Ajralmaydigan podshipniklar, asosan, dastaki yoki mexanik yuritmali, sekin-yurar mexanizmlarda ishlatiladi. Asboblar va ba'zi mexanizmlar konstruktsiyasida ajralmaydigan podpshpniklar korpus devoriga presslab kiritiladigan bronza yoki cho'yan vtulka ko'rinishida bajarilishi mumkin. Ajraladigan va ajralmaydigan podshipniklarning korpusi odatda cho'yandan tayyorlanadi. Vtulkalar, podshipnik vkladishlari yumshoq antifriktsion cho'yandan, rangli metallar - bronza, babbit, jezalyuminiy qotishmalari, temir yoki bronza kukuniga grafit qo'shilgan presslangan metallokeramik, tekstolit, yog'och qatlami, plastik materiallar va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Sirpanish podshipniklari ajraluvchan korpuslari va cho'yan vkladishlarining konstruktsiyasi va o'lchamlari standartlashtirilgan. Bunday holda ishqalanuvchi yuzalar orasida ma'lum qalinlikdagi moy qatlami hosil bo'ladi. Podshipnik tsapfasining asosiy o'lchamlari bo'yi va diametri d ni tekshirish uchun podshipnikda ruxsat etiladigan o'rtacha bosim hamda bosimning tezlikka ko'paytmasi bo'yicha bajariladigan shartli hisobdan foydalaniladi. Podshipnikdagi o'rtacha bosim quyidagi shartni qanoatlantirishi kerak: R- podshipnikka ta'sir qiladigan radial yuklanish; (P)-ruxsat etiladigan bosim, podshipnikni materialiga bog'liq. Podshipnikni nisbiy bQ'Y·lu, I I 1
Muftalarning asos1y vazifasi vallarni o'zaro biriktirib, ularning biridan ikkinchisiga burovchi moment uzatishdan iborat. Ishlash prinsipiga qarab muftalar mexanik, gidravlik, pnevmatik va elektrmagnitli muftalarga bo'linadi. Bundan tashqari vazifasi va tuzilishiga ko'ra ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: s doimiy biriktirilgan muftalar; s tishlashish muftalari; s saqlagich muftalar. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling