Mavzu: Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi


Download 78.3 Kb.
bet5/6
Sana22.12.2022
Hajmi78.3 Kb.
#1043655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Statistik grafiklar va ularning tasniflanishi

Radianli:
Radial diagrammalarni hosil qilishda 2 ta o’lchov birligi qo’llaniladi. Birinchi o’lchov doira bo’yicha davrlar, ya’ni bir yilning 12 oyi uchun doirani 12 ta teng sektorlarga bo’luvchi doira markazidan koordinata chiziqlari chiziladi. Bunda har bir sektor orasidagi burchak yil uchun tegishli mos davrni ifodalaydi. Ikkinchi o’lchov doira radiusi uzunligi. Bunda har bir davrga tegishli hodisa darajasi ma’lum bir masshtabda shkalalar orqali tasvirlanadi.
Grafiklar orqali variatsion qatorlar darajalari ham tasvirlanishi mumkin. Ular asosan chiziqli diagrammalar orqali tasvirlanadi. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning gistogramma, poligon, kumulyata va ogiva deb ataluvchi turlari mavjud. Ular to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimida ifodalanadi.
Gistogramma – bu intervalli variatsion qatorlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bunda intervalli belgi o’lchovlari koordinata tizimi abstsissasida, intervalli
belgining mos chastotalari (soni, vazni, salmog’i va h.k.) esa ordinata o’qida ma’lum
masshtabda shkalalarda belgilanadi.
Poligon – diskret variatsion qatorlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Bunda diskret qator o’lchovlari abstsissa o’qida, chastotalar esa ordinata o’qida tasvirlanadi va bu nuqtalar tutashtirilib siniq chiziq hosil bo’ladi. Intervalli qatorni ham polygon orqali tasvirlash mumkin. Bunda intervalli qatorni diskret qatorga (qatorning yuqori va quyi chegarasi o’lchovlari o’rtachasi) shartli keltirish lozim.
Kumulyata egri chizig’i - har bir qatorning chastotalari qo’shib borilishi orqali chastotalar yig’indisini ifodalovchi yangi qator tuziladi va har bir qator (ham intervalli, ham diskret bo’lishi mumkin) darajalari abstsissa o’qida, yangi tuzilgan chastotalar yig’indisi ko’rinishidagi darajalar ordinata o’qida belgilanadi.
Ogiva ham kumulyata egri chizig’i ko’rinishida bo’ladi, lekin koordinata o’qlari turlicha bo’ladi. Ya’ni abstsissa o’qida chastotalar yig’indisi, ordinata o’qida esa variatsion qator darajalari ifodalanadi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni diagrammalardan farqli statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin.

Download 78.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling