Mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati


Download 19.17 Kb.
bet3/4
Sana14.11.2023
Hajmi19.17 Kb.
#1772972
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati

O’z-o’zini qayd qilish usulida kuzatuvchi maxsus tayyorlangan so’rov varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va ma’lum vaqtdan so’ng to’ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladi.
Zarur bo’lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy korrespondentlar orqali ham to’plash mumkin. Bunga misol Germaniyada chorrahalarda ixtiyoriy valanterlar turib (kamida uch kishi) yo’l qoidasini buzgan haydovchilar haqidagi ma’lumotlarni politsiya xodimlariga yuborishlarini keltirish mumkin. Oxirgilari esa haydovchilarga nisbatan chora belgilaydilar. Ularni o’zaro uchrashuvi ta’minlanmaydi. Valantyorlarga to’la ishoniladi.

Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o’tkazishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilsa, statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va ekspertiza qilingan kuzatish rejasini tuzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni o’z ichiga oladi.


Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish ob’ekti va birligi; kuzatish formulyari va yo’riqnoma.
Kuzatish dasturi – bu kuzatish davomida yig’ilishi kerak bo’lgan savollar yoki qayd qilinishi lozim bo’lgan belgilar va ko’rsatkichlar ro’yxatidir.
Kuzatish ob’ekti - bu tekshirish o’tkaziladigan hodisa va jarayonlar yig’indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig’i)dir.
Kuzatish birligi – bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi.
Kuzatish formulyari – bu berilgan savollarga olingan javoblar to’ldirilgan hujjat. U ikki xil bo’ladi: a) alohida shakldagi formulyar. Unga tijorat korxonasining yillik hisobotini misol keltirish mumkin. b) ro’yxat shaklidagi formulyar. Unda bitta emas, balki bir nechta hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.
Yo’riqnoma - bu statistik kuzatish dasturidagi barcha savollarga to’g’ri, aniq va bir xilda javob qaytarishni ta’minlaydigan ko’rsatmalar, tushuntirish va talqinlar to’plami
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: kuzatish organi; kuzatish vaqti va muddati; kuzatish joyi; boshqa tashkiliy masalalar.

Download 19.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling