Mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati
Download 19.17 Kb.
|
Mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik kuzatish
MAVZU. STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI REJA: 1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha 2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari 3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari 4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir. To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir. Statistiki kuzatish informatsiya etkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi: Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar. Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi. Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot. Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi. Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi. Hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo’llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro’yxatini misol keltirishimiz mumkin. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va bir yo’la kuzatishga ajratish mumkin. Download 19.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling