1. Statistik jadvallar
Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va
voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali
ifodalashga aytiladi.
Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi.
Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha
hodisa
jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi
ko’rsatkichlar esa
jadvalning kesimi deyiladi.
Statistik
jadvallar, ega xarakteriga qarab:
oddiy;
guruhiy (gruppali); kombinatsion jadvallarga; kesim
xarakteriga qarab:
kesimi oddiy ishlab chiqilgan; kesim
kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi
bo’yicha: informatsiya tavsifli;
analitik; tipologik; maxsus
tayinlangan (balans, matritsa va h.k.) jadvallarga
bo’linadi.
1. Statistik jadvallar
Oddiy jadvallar deb egasi faqat hodisalar, yillar,
ob’ektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallarga
aytiladi.
Guruhiy (gruppali) jadvallar deganda jadval
egasi biron-bir belgi bo’yicha guruhlarga ajratib
berilgan jadvalga aytiladi.
Kombinatsion jadval deganda, bir marta
guruhlangan jadval egasi yana guruhlarga, ular
yana guruhcha osti guruhlariga
ajratilgan, jadval
kesimi ham guruhlangan ko’rinish olgan jadvallar
tushuniladi.