Мавзу; statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash  reja:  Statistik jadvallar


Download 163.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi163.5 Kb.
#1027736
1   2   3
Bog'liq
4 MAVZU Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash

poligon, kumulyata va ogiva deb ataluvchi 
turlari mavjud. Ular to’g’ri chiziqli koordinatalar 
tizimida ifodalanadi.

Gistogramma – bu intervalli variatsion 
qatorlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bunda 
intervalli belgi o’lchovlari koordinata tizimi 
abstsissasida, intervalli belgining mos chastotalari 
(soni, vazni, salmog’i va h.k.) esa ordinata o’qida 
ma’lum masshtabda shkalalarda belgilanadi.


2. Statistik grafiklar

Poligon – diskret variatsion qatorlarni tasvirlash uchun
qo’llaniladi. Bunda diskret qator o’lchovlari abstsissa
o’qida, chastotalar esa ordinata o’qida tasvirlanadi va
bu nuqtalar tutashtirilib siniq chiziq hosil bo’ladi. Intervalli
qatorni ham poligon orqali tasvirlash mumkin. Bunda
intervalli qatorni diskret qatorga (qatorning yuqori va
quyi chegarasi o’lchovlari o’rtachasi) shartli keltirish lozim.

Kumulyata egri chizig’i - har bir qatorning chastotalari
qo’shib borilishi orqali chastotalar yig’indisini ifodalovchi
yangi qator tuziladi va har bir qator (ham intervalli, ham
diskret bo’lishi mumkin) darajalari abstsissa o’qida, yangi
tuzilgan chastotalar yig’indisi ko’rinishidagi darajalar
ordinata o’qida belgilanadi.


2. Statistik grafiklar

Ogiva ham kumulyata egri chizig’i ko’rinishida
bo’ladi, lekin koordinata o’qlari turlicha bo’ladi.
Ya’ni abstsissa o’qida chastotalar yig’indisi,
ordinata o’qida esa variatsion qator darajalari
ifodalanadi.

Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi
statistik ma’lumotlarni diagrammalardan farqli
statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin.

Statistika
xaritalari

grafik
tasvirlash
shakllaridan biri bo’lib, statistik ma’lumotlarni
hududlar bo’yicha joylanishini chizmali geografik
xaritalarda ifodalanishidir. Hududlar bo’yicha
tasvirlash vositasi bo’lib shtrixli chiziqlar, fonli
bo’yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.


2. Statistik grafiklar

Statistika xaritalarining ikki shakli mavjud:
xaritagramma, xaritadiagramma.

Xaritagramma – bu sxematik geografik xarita
bo’lib, xaritada tasvirlangan hududlarni ularga
tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki
miqdor ko’rsatkichi bo’yicha shtrixli nuqta yoki
chiziqlar, turli xil ranglar orqali tasvirlashdir.

Xaritalarning yana bir turi xaritadiagrammalardir.
U geografik xaritalardagi hududlar hodisalarini
diagrammalarda tasvirlash orqali hosil qilinadi.

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling