Mavzu: Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
Download 117 Kb.
|
Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
Mavzu: Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti Kirish Asosiy qism I.Statistik ma’lumotlar nima uchun kerak? I.1. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari I.2.Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari hamda statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati II.Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati II.1Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog'liq bo’lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish obyektlarini belgilash zarurati tug‘ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga ehtiyojlar paydo bo‘lgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida boiayotgan o‘zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog‘- liq boigan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. Shuning uchun tug‘ilish, oiish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi o‘rnatilgan, keyinchalik esa odamlaming bir joydan ikkinchisiga ko'chib yurishi bilan bog‘liq bo‘lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. Qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo‘jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlami ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan. «Statistika» atamasi lotincha «Status» so‘zidan olingan bo‘lib, hodisalaming holati, ahvolini bildiradi. «Status» so‘zi negizidan «Stato» - davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya’ni davlat to‘g‘risida muayyan bilim, ma’lumotlar yig‘indisi degan tushunchalar kelib chiqqan. Hozirgi kunda statistika deyilganda: • o‘z obyekti va usuliga ega bo‘lgan mustaqil fanni; • amaliy faoliyatni; • ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ta’riflaydigan umumiy ko‘rsatkichlar, statistik raqamlar ham tushuniladi. ; Statistika ko‘p asrlik tarixga egadir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, eramizdan 3500-yil ilgari Misrda aholi hisobi (ro‘yxati) o‘tkazilgan. Rossiya (Moskva)da ikki marta (1362 va 1389-yillarda) aholi ro‘yxati o'lkazilgan. Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib mustaqil fan sifatida sluikllana boshladi. Bu davrda endigina feodalizm o‘rnini kapitalizm tuzumi egallayotgan edi. Kapitalistik tuzumning barqaror boMishi ko‘pgina lanlarning, shu jumladan statistikaning ham rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. XVII asrda Angliyada «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U.Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) boMganlar. U.Pettini o‘z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. Yevropada statistikaning asoschisi bo‘lib belgiyalik olim A.Ketle (1796-1874) hisoblangan. Olsha davrda Germaniyada G.Axenval (1719- 1772) birinchi marta «statistika» so‘zini qo Hagan. Angliyada esa A.Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. Ommaviy-ijtimoiy hodisalar deyilganda quyidagilar tushuniladi: Birinchidan, iqtisodiy hodisalar tushuniladi. eng avvalo bu yerda moddiy ne’mat ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. Statistika iqtisodiy hodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi - iqtisodiy qonun va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy bog'lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini o'rganadi. Bu o‘rinda u ishlab chiqarishni uning ikki tomoni - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini bir butunligida olib tekshiradi. Ikkinchidan, madaniy va ta’lim-tarbiya sohasidagi hodisalar tushuniladi. Statistika ularni ham miqdor jihatdan o‘rganadi. Jumladan, u madaniy-ma’rifiy munosabatlarning, o‘quv yurtlarining, maktab, bog‘- cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o‘rganadi. Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy hodisalar tushuniladi. Barcha bo‘lib o‘tgan va bo‘layotgan qurultoylar, plenumlar, sessiyalar, saylovlar, ulardagi qatnashchilarning soni, ovozlarning taqsimlanishi (ish tashlashlar, namoyishlar) kabilar ana shunday hodisalar turkumiga kiradi. To‘rtinchidan, tabiiy hodislar tushuniladi. Tabiiy ofatlar, ya’ni zilzila, suv toshqinlari, do‘l yog'ishi, yong‘in, portlash kabi hodisalar statistika fanining o‘rganish obyekti hisoblanadi. 6 7 Ma’lumki, tabiat va jamiyatda uchraydigan har qanday hodisa o‘zining sifat va miqdor tomoniga ega. • Sifat deyilganda hodisaning ichki qiyofasi va aniqligi, uning rivojlanish qonuni va qonuniyatlari bilan bevosita bog‘liq bolgan tub mohiyati tushuniladi. • Miqdor deyilganda hodisaning u yoki bu xususiyati va belgisining yuzaga chiqish me’yori, soni va darajasida ifodalangan uning tashqi qiyofasi, aniqligi tushuniladi. Quyidagi tushunchalar ham statistika fani va uning usuli bilan chambarchas bog'liqdir. • Qonun va qonuniyatlar. Qonun - bu ikki hodisa o‘rtasidagi ichki va zaruriy bog‘lanishdir. • Qonuniyat deyilgada ko‘pincha hodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik, izchillik va tartib tushuniladi. Hozirgi zamon fani namoyandalari obyektiv borliqning ikki turdagi qonuniyatlari to‘g‘risida fikr yurtadilar: dinamik va statistik qonuniyatlar. • Faqat alohida hodisalarda ro‘y beradigan qonuniyatlar danmik qonuniyatlar deb ataladi. • Ommaviy ma’lumotalmi umumlashtirish y o ii bilan aniqlanadigan qonuniyatlar esa statistik qonuniyatlar deytladi. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling