Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi. Bevosita kuzatishda kuzatuvchi o’rganilayotgan to’plam birliklarini birma-bir ko’rib, sanab, tortib va o’lchab, keyin ro’yxatdan o’tkazadi. Hujjatli usulda esa kerak bo’lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi. Bu usulda so’raluvchidan hech qanday hujjat talab qilish mumkin emas. Bu usulga aholi ro’yxatini misol keltirish mumkin. So’roq-javob usuli o’z navbatida uchga bo’linadi: og’zaki usul; o’z-o’zini qayd qilish usuli; korrespondentsiya usuli.Og’zaki usulda, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan shaxslar kuzatilayotgan shaxslarga og’zaki savol berib javob oladilar. Olingan javoblar varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi. O’z-o’zini qayd qilish usulida kuzatuvchi maxsus tayyorlangan so’rov varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va ma’lum vaqtdan so’ng to’ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladi. Bu usulda savollarga javobni kuzatilayotgan shaxslarning o’zi beradi va o’z qo’li bilan savol varaqasini to’ldiradi. Zarur bo’lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy korrespondentlar orqali ham to’plash mumkin. Bunga misol Germaniyada chorrahalarda ixtiyoriy valanterlar turib (kamida uch kishi) yo’l qoidasini buzgan haydovchilar haqidagi ma’lumotlarni politsiya xodimlariga yuborishlarini keltirish mumkin. Oxirgilari esa haydovchilarga nisbatan chora belgilaydilar. Ularni o’zaro uchrashuvi ta’minlanmaydi. Valantyorlarga to’la ishoniladi.
I.2 Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari hamda statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati
Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o’tkazishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilsa, statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va ekspertiza qilingan kuzatish rejasini tuzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |