Mavzu: Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni


Download 117 Kb.
bet4/9
Sana28.09.2023
Hajmi117 Kb.
#1689081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti

Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va bir yo’la kuzatishga ajratish mumki

Masalan, bola tug’ilishi, nikohdan o’tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.


Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani echish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o’rganish uchun maxsus kuzatish o’tkazish. Bunday kuzatishni keyinchalik o’tkazmaslik ham, zaruriyat tug’ilsa, yana o’tkazish ham mumkin. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.


Yoppasiga kuzatishda to’plam birliklarining barchasi kuzatiladi.Masalan, O’zbekistonda aholi ro’yxati o’tkaziladigan bo’lsa, respublika fuqarolarning barchasi (qaerdaligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto kosmosdagi kishi ham ro’yxatdan o’tishi kerak.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo’linadi.
Anketa orqali kuzatishda savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga tarqatilib, ular to’ldirilgandan so’ng yig’ishtirib olinadi va umumlashtiriladi. Bunday kuzatish jamoatchilik fikrini aniqlashda va,ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ayrim hodisa va voqealar bo’yicha maxsus mustaqil ekspertlarning fikrlarini bilishda yaxshi natija beradi.
Monografik tasvirlash deganda to’plamning bir bo’lagini har tomonlama va chuqur o’rganish tushuniladi. Masalan, viloyatda bir jinsli 104 ta korxona bor, shundan 4 tasi juda ham ilg’or.Ana shu to’rtta korxonani ilg’orlik sabablarini o’rganish uchun u korxonalarda: ishni tashkil etish; asosiy va oborot fondlaridan foydalanish; mehnat unumdorligi; ish rejalarini bajarilishi; jihozlarni yangilanganlik darajasi; resurslardan to’liq va samarali foydalanish darajasi va x.k. chuqur va har tomonlama o’rganiladi. Ushbu o’rganish monografik kuzatish deyiladi. Xulosani chuqur yoki batafsil yozish, o’rganish va olingan natijalarni chop qilishga monografiya deyiladi. Asosiy massivni kuzatishda o’rganilayotgan belgi umumiy hajmining o’zgarishiga olib keladigan eng salmoqli o’rin tutgan birliklar ajratib olib o’rganiladi. Masalan, shaharda 150 oziq-ovqat do’koni bo’lib, shundan 15 tasi tovar oborotining 70-80 foizini beradi. Demak, 150 ta oziq-ovqat do’konining barchasini o’rganib o’tirmasdan, 15 do’konni o’rganib shaharda oziq-ovqat savdosi qanday tashkil qilinganligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Tanlab kuzatish deganda bosh to’plamdan bir qismini tanlab olib tekshirish tushuniladi. Agarda kuzatishning bu turi to’g’ri tashkil qilinsa, qisman kuzatishning turlari ichida eng yaxshi o’rganilgan ma’lumotlar umumiy to’plam haqida to’la-to’kis va aniq fikr yuritish imkonini beradi. Bu kuzatishda asosiy muammo tanlanma to’plamning reprezentativligini (vakolatliligini) ta’minlashdir.
Agarda tanlab olingan to’plamda bosh to’plamning muhim xususiyatlari namoyon bo’lsa, u to’plam reprezentativ deyiladi. Reprezentativlikni ta’minlash tanlash usullarini to’g’ri belgilashga bog’liqdir. Statistikada tasodifiy, tipik, mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud.Bu usullar mazmuni tanlab kuzatish mavzusida yoritiladi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling