Mavzu: Stressni o’rganishni tarixi va uning tarifi


Download 91.75 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi91.75 Kb.
#1640519
1   2   3
Bog'liq
стресс тарихи

STRESSDAN QUTULISH UCHUN
Stressga olib keluvchi omilga tog’ridan-tog’ri ta’sir o’tkazish:
Stressli vaziyatning asl sababi nimada ekanligini aniqlang;
Ushbu vaziyatni o’zgartira olishingizni baholang;
Oqibatlarini baholang.
Vaziyatga bo’lgan qarashingizni o’zgartirish:
Vaziyatni o’zgartirish sizning qo’lingizdan kelish-kelmasligini baholang;
Agar boshqalar hatti-harakatini o’zgartirib bo’lmasa, ularga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring.
Stressli vaziyatni yengishda bir tekis va soki nafas olish yordam beradi. Nafasni burun orqali chuqurroq olish kerak, chiqarishda esa sekin, og’iz orqali chiqarish kerak.
Stressda to’g’ri ovqatlanish ham muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat oson va yaxshi hazm bo’lishi kerak. Shoshmasdan, kam-kamdan ovqatlaning. Ovqatlangandan keyin bir oz dam olish kerak.
Stress bilan kurashishda xalq tabobati usullari bor. Moychechak yaxshi ta’sirga ega. Uning damlamasi bosh og’rig’i, uyqusizlik bilan kurashadi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Samarali yordam beruvchi xususiyatga shuningdek, oregano o’ti va mavrak moyi ega. Charchoqqa qarshi ajoyib vosita melissadir. Bu zo’riqishni, tashvishlarni yengillashtirish uchun ishlatiladi, hatto og’ir stressda ham yordam beradi. Melissadan tayyorlangan choy uyqusizlik va depressiya uchun yaxshidir.
Stressni oldini olish — erishilsa bo’ladigan maqsadlar qo’ying:
«Men ideal bo’lishim kerak», «Dunyo menga nisbatan doimo adolatli bo’lishi kerak» degan fikrlardan yiroq bo’ling;
«Agar reja tuzib chiqsam, men hammasini uddalayman», «Men buni bosqichma-bosqich amalga oshiraman», «Agar uddasidan chiqa olmasam, barchasini boshqatdan boshlayman» degan fikrga yaqinroq bo’ling.
Donolardan biri “Agar sen vaziyatni o’zgartira olmasang, vaziyatga nibatan o’z munosabatingni o’zgartir”, deb ta’kidlagan ekan. Shunday ekan, atrofdagilarni shundayligicha qabul qiling, vaqti kelib ular haqiqatan ham o’zgarganining guvohi bo’lasiz.
Har birimizda paydo bo’layotgan fikr o’z-o’zidan shu fikrga doir emostional holatni uyg’otadi, bu holat esa shu holatga mos bo’lgan xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi. Shuningdek, har qanday ijobiy harakat — yuzdagi tabassum, bosh va elkani tik tutish kabilar miyada ham o’z-o’zidan shu harakatlarga mos keladigan fikrni uyg’otadi. Demak, odamda ruhiyat va kayfiyat, fikr va harakat o’zaro mutanosiblik kasb etgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 91.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling