VII. Test metodi. Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostikada test metodi
ham faol qo‘llanilmoqda. Maxsus testlar o‘quvchi duch kelayotgan muammolarni
aniqlash yoki unda muayyan sifat (masalan, kreativlik sifatlari)ni shakllantirishga
yordam beradi (bu kabi maxsus testlar sirasida E.P.Torrensning “Tugallanmagan
rasmlar” testini kiritish mumkin).
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish, o‘rganish) –
o‘rganilayotgan o‘quvchining aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati,
muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari,
shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va
baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli.
Uning ahamiyati respondentning muayyan soha bo‘yicha nazariy bilimlarini,
qobiliyati, psixologik-fiziologik, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanganligi, ma’lum
faoliyat ko‘nikma, malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat
qilishida ko‘zga tashlanadi.
Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar);
2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo‘q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar);
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to‘g‘ri deb topilgan javob
varianti belgilanadi).
Mazkur usul quyidagi afzalliklarga ega: 1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2)bilim darajasini xolis baholash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtda ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4)natijalarning o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun
bir xil sharoitning yaratilishi44.
VIII. Hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik diagnostikani samarali
amalga oshirishda hujjatlarni tahlil qilish metodi ham ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |