Mavzu: Suҳbat metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Pedagogik kuzatish metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Sotsiometriya metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Reja
Psixologik-pedagogik tajriba metodi
Download 0.63 Mb.
|
ТАРБИЯ ДИАГНОСТИКАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Suhbat metodi.
Psixologik-pedagogik tajriba metodi. Pedagogik diagnostikada
qo‘llaniladigan yana bir samarali metod – psixologik-pedagogik tajriba metodi sanaladi. Pedagogik tajriba metodi (lot. “experimentum” – sinov, sinash, tajriba qilib ko‘rish) – mavjud pedagogik muammoning yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘lishi, ularning samaradorligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan usul. Metodning ilmiy-amaliy ahamiyati muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi va ularning samaradorligini aniqlash uchun keng imkoniyatlarni yaratishda aks etadi. Pedagogik tajriba bir necha turga bo‘linadi. Pedagogik tajribaning samaradorligi quyidagi shartlarga rioya etish asosida ta’minlanadi: tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; tanlanishi; tajriba o‘tkazilish vaqti, davomiyligining aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish, natijalarni qayta ishlashning to‘g‘ri amalga oshirilishi. Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi40. IV. Suhbat metodi. Pedagogik diagnostikada suhbat metodidan ham maqsadli, samarali foydalaniladi. Suhbat metodi – savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega ta’lim metodi. Mazkur metod pedagogik kuzatish chog‘ida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlarining imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga xizmat qiladi. Suhbat individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Odatda suhbat jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari to‘la namoyon bilishga erishish muhim. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va manaviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli nutqi, o‘quvchi bilan o‘zaro munosabati tasirchan usullardan hisoblanadi. Suhbat jarayonida o‘quvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi. O‘quvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy va tabiiy borliqqa nisbatan munosabat baholanadi, ijobiy sifatlar rag‘batlantirilib, salbiy holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi. Quyidagi shartlarga amal qilish suhbat metodining samaradorligini taminlaydi: 1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasidagi mantiqiylik, izchillikni taminlash; 2)suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish; 4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish; 5) suhbatdosh bilan munosabatning samimiy bo‘lishiga erishish; 6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7) savollarning aniq, qisqa, ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish. O‘quvining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan suhbatlar uchun quyidagi mavzular yo‘nalish sifatida tanlanadi: 1) etik mavzular (ijtimoiy manaviy-axloqiy meyorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin
2) estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi); 3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va h.k.); 4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, elektronika va b.). Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi. O‘quvchilar bilan suhbat davomida o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari, mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta. Pedagogik jarayonda suhbatning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 1) kirish suhbati (o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan
2) yakuniy suhbat (o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi); 3) Katexisizm (qisqa bayonli suhbat; lot. “catec’ēsis”, qad. yun. “κατηχισμός”
4) evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi; unga ko‘ra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish laqyoati yuzaga keladi); 5) tushuntirish (o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish bo‘lib, u hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi; tushuntirish chog‘ida o‘quv materialining qiyin o‘rinlariga urg‘u berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan foydalanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq)41. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling