Mavzu: Suҳbat metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Pedagogik kuzatish metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Sotsiometriya metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Reja


Hujjatlarni tahlil qilish (ta’lim muassasasi hujjatlarini o‘rganish) metodi


Download 0.63 Mb.
bet6/15
Sana06.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1334858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ТАРБИЯ ДИАГНОСТИКАСИ

Hujjatlarni tahlil qilish (ta’lim muassasasi hujjatlarini o‘rganish)
metodi
– pedagogik hodisa va dalillarni har tomonlama tekshirish,
ta’lim muassasasi tomonidan meyoriy talablarning bajarilishi holatini
o‘rganish, erishilgan yutuq, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash,
ilg‘or ilmiy-pedagogik hamda ta’lim muassasasi tomonidan to‘plangan
amaliy-pedagogik tajribalarni ommalashtirish maqsadida
qo‘llaniladigan usul.

Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar
talablarining bajarilish holatini o‘rganish, erishilgan yutuq, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu kabi hujjatlar sirasiga
quyidagilar kiradi:
o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali; o‘quv dasturi;

guruh jurnallari;


o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari; buyruqlar;
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlari;
ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti;

tarbiyaviy ishlar rejasi; o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid hisobotlar;

ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol-stullar va h.k.) qayd etilgan
daftar va boshqalar.
Kontent-tahlil metodi. Zamonaviy pedagogik diagnostikada yana bir nisbatan yangi metod – kontent-tahlil metodidan ham foydalaniladi.

11.Shaxs faoliyati yo’nalishlarini aniqlash metodi: qo’llanilish tartibi va ma’lumotlarni ishlash




Kontent-tahlil metodi (inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks
ettirilgan turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida
ularning mazmunini sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil
qilish usuli.
Ushbu metodning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u hujjatlarni ijtimoiy
ahamiyatlilik nuqtai nazaridan o‘rganishga xizmat qiladi. Pedagogik tadqiqotlarda
kontent-tahlil metodi asosiy metod sifatida turli, masalan, gazetaning siyosiy
yo‘nalishini, muayyan ijtimoiy guruhning jamiyatdagi mavqeini o‘rganish uchun
matnning mazmunini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek,
ushbu metod pedagogik tadqiqotlarda qo‘shimcha metod sifatida ham
foydalaniladi.
Hamma hujjatlar ham mazmun nuqtai nazaridan tahlil qilinmaydi. Metodni
qo‘llash uchun kontent-tahlilning aniq maqsadi belgilanishi lozim. Bunda tadqiq
qilinayotgan mazmun zarur tavsiflarni ishonchli qayd qilish (rasmiylashtirish
tamoyiliga muvofiq), tadqiqotchini qiziqtirayotgan mazmunning tarkibiy
elementlarini muayyan izchilikda qo‘lga kirita olish (statistik ahamiyatlilik
tamoyili asosida) imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Aksariyat holatlarda kontent-tahlilning ob’ektlari sifatida radio, televidenie
hamda matbuot xabarlari, uchrashuvlarga oid bayonnomalar, rasmiy va norasmiy
xatlar, mas’ul tashkilotlar tomonidan chiqarilgan buyruqlar, ko‘rsatmalar,
yo‘riqnomalar, shuningdek, intervyu hamda ochiq anketalarning ma’lumotlaridan
foydalaniladi46.
Kontent-tahlil, asosan, uchta yo‘nalishga ega. Ular:
1) matn bilan tanishgunga qadar nima sodir bo‘lganligi hamda u yoki bu
holatning nima uchun ushbu matnda aks etganliginini aniqlash (bu yerda matn
o‘rganilayotgan ob’ektning ma’lum jihati: borliq, muallif yoki matn yo‘naltirilgan
shaxsning holatini yoritadigan indikator sifatida namoyon bo‘ladi);
2) matnni faqat undagina mavjud bo‘lgan muayyan belgilar (til xususiyati,
tarkibiy tuzilmasi, xabarning janri, nutqning sur’ati (ritmi) yoki ohangi kabilar)
asosida o‘rganish;
3) matn e’lon qilinganidan keyin, aniqrog‘i, matn u tegishli bo‘lgan shaxs
(adresant)ga yetib borganidan keyin sodir bo‘ladigan holatni aniqlash (turli
ta’sirlarning samarasini baholash)47.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling