Mavzu: Sudlangan mahkum shaxsni psixologik o'rganish, uning sud tomonidan tayinlanadigan jazo chorasiga munosabati


Download 20.66 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1572159
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdikalikova Dinara yuridik psixologiya

Jinoyat belgilari
Jinoyat – huquqiy hodisa sifatida o‘ziga xos jihatlarni ifodalov-chi ma’lum bir belgilarga egadir. Har qanday ijtimoiy xavfli qilmish ham jinoyat hisoblanmaydi, qilmishning jinoyat deb hisoblanishi uchun unda jinoyat qonunida o‘rnatilgan belgilar va jinoyat tarkibi mavjud bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarini mustahkamlovchi maxsus modda mavjud emas. Shu sababdan jinoyat belgilari jinoyat qonunida jinoyatga berilgan ta’rif asosida aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 1-qismida jinoyatga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.” Jinoyat qonunida berilgan jinoyat tushunchasi uchta jinoyat-huquqiy institutdan iborat:
- jinoyat qonuni;
- jinoyat;
- jazo institutlari.
Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, faqat ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqargan qilmishlargina jinoyat hisoblanmay, balki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga real zarar yetkazish xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlar ham jinoyat hisobla-nadi. O‘zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 2-qismida: “Ushbu kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoliy xavfli qilmish hisoblanadi”,-deyilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqib, qilmishda jinoyatning barcha belgilari bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi. Agar muayyan zararli oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi bo‘lmasa, bunday qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Jinoyat huquqi-da bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb aytiladi. Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun barcha jinoyatlar uchun zarur bo‘lgan jinoyatning belgilari, shuning-dek, shu jinoyatda aybning mavjud ekanligi va aybning shakllari ishlab chiqilgan, ana shu belgilar va aybning biror shakli mavjud bo‘lsagina qilmish jinoyat hisoblanadi. Yuqorida jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
2) qilmishning huquqqa xilofliligi;
3) qilmishda aybning mavjudligi;
4) qilmishning jazoga loyiqligi.
Birinchi navbatda qonunda jinoyatning belgisi sifatida “qilmish-ning ijtimoiy xavfliligi” belgilab qo‘yilgan. Ijtimoiy xavfli qilmish murakkab va o‘z tuzilishiga ega bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy toifadir. Jinoyat qonuni va ilmiy adabiyotlarda qilmishning ijtimoiy xavf-liligi qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga yetkazadi-gan yoki yetkazish xavfi mavjud bo‘lgan zararning xususiyati va miqdori bilan belgilanadi, deb ko‘rsatilgan. Ammo professor Y.I.Lyapunov fikriga ko‘ra ijtimoiy xavflilik kengroq tushuncha va ancha murakkab kategoriya hisoblanadi, u ijtimoiy xavflilik tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan.
Huquqqa xiloflilik – ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini ifodalaydi. Bu belgi qonuniylik prinsipining “qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, demak jinoyatning o‘zi yo‘q” degan qoidasidan kelib chiqadi. (“Nullum crimen sine cupla”).
Huquqqa xiloflilik jinoyatning yuridik belgisi bo‘lib, keng ma’noda: birinchidan, jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli va aybli qilmishlarning taqiqlanganligini; ikkinchidan, jazo qo‘llash tahdidini bildiradi. Bundan tashqari, bu belgi “Jinoyat qonunining analogiya bo‘yi-cha qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” degan qoidani ham o‘z ichiga oladi. Demak, jinoiy huquqqa xiloflilik deganda, jinoyatlarning jinoyat huquqiy normalarda ko‘rsatilgan jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlanishi tushuniladi.
Qilmishni jinoyat huquqiga xilof deb topish asoslari bo‘lib:
a) bunday qilmishning ijtimoiy xavfliligi – (jinoiy huquqqa xiloflilikning asosiy mezoni);
b) u yoki bu qilmishga aynan jinoyat-huquqiy vositalar bilan ta’sir etishning umumiyligi (bir xil maqsadni ko‘zlashi) hisoblanadi.
Ma’lumki, ijtimoiy xavflilik jinoyatning obyektiv tomonini aks ettirib, u jamiyatga, fuqarolarga zarar yetkazadi. Lekin qonun jinoyat tufayli zarar yetkazilgan shaxslarning manfaatini himoya qilib, ijtimoiy xavfli qilmishga huquqqa xiloflilik maqomini beradi va bu bilan davlat huquqqa xilof qilmishlarga qarshi choralarni ko‘radi. Demak, ijtimoiy xavfli qilmish huquqqa xilof deb e’lon qilingan vaqtdan boshlab u amaliy jihatdan “jinoyat” maqomini oladi va ma’lum bir oqibatlarga olib keladi.

Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling