Mavzu: Sudlangan mahkum shaxsni psixologik o'rganish, uning sud tomonidan tayinlanadigan jazo chorasiga munosabati


Download 20.66 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1572159
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdikalikova Dinara yuridik psixologiya

Jinoyatchilik tushunchasi.
Jinoyatchilik - kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan o'zgaruvchan hodisa. Jinoyatchilikning holati, darajasi, strukturasi inson taraqqiyoti davomida sifat va miqdor jihatdan o'zgarib boruvchi hodisaligi shundaki, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqiy o'zgarishlarga qarab o'zgarib boradi. Sifat jihatidan sodir etish usuli, uyushgan guruh bo'lib sodir etilishi, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanib sodir etilishi va hokazolarda ifodalanadi. Jinoyatchilikning ijtimoiy hodisa ekanligi shundaki, jinoyatlarning subyektlari jamiyat a'zolarining o'z ichidagi shaxslar bo'lib, ular o'zlari bilan birga yashab turgan jamiyatdagi ijtimoiy munosa-batlarga va jamiyat a'zolariga tajovuz qiladi. Jinoyatchilik hodisaning sharoit va sabablari ham ijtimoiy sabablar tufayli yuz beradi. Jinoyatchilik ijtimoiy hodisa sifatida boshqa har qanday ijtimoiy munosabatlardagi iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, ruhiy boshqaruv, huquqiy va hokazo munosabatlar bilan bog'lanib ketgan. Shuning uchun ham jinoyatchilikning o'sishi, xususiyatlari, ijtimoiy jarayonlarning o'zaro aloqadorligi qarama-qarshiliklar, kriminologik vaziyatlarning miqyosi bilan belgilanadi. Jinoyatchilik sodir etilgan jinoyatlarning oddiy yig'indisidan iborat bo'lmay, bir butun ijtimoiy hodisani tashkil qiluvchi jinoyatlar tizimidan iborat. U o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'zining ijtimoiy munosabatlar bilan bog'lanib ketgan. Shuning uchun uning sabablari ham ana shu ijtimoiy munosabatlarda yotadi. Jinoyatchilik muayyan hududda, muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan jinoyatlar jamidan iborat ekan, jinoyat va jinoyatchilikning aloqadorligi bir qismdan bir butunga, alohidalikdan umumiylikka ega bo'lgan umumiy qonuniyatlarga asoslanadi. Jinoyatchilikning qonuniyatlari alohida turdagi jinoyatlar orqali emas, balki uni bir butun salbiy ijtimoiy hodisa sifatida tahlil qilish orqali aniqlanadi. Jinoyatchilikni oddiy raqamlarda ifodalab, uning mazmun va mohiyatini ochib berib bo'lmaydi. Shunga ko'ra, jinoyatchilik kriminologiyada sifat va miqdor ko'rsatkichlari orqali ifodalanadi. Jinoyatchilikning miqdor ko'rsatkichlari uning darajasi va dinamikasi bo'lsa, sifat ko'rsatkichlari uning strukturasi va xususiyatlaridagi o'zgarishlardir. O'zbekiston bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi jarayonida uyush-gan jinoyatchilik, giyohvand vositalar bilan noqonuniy muomala qilish, korrupsiya jinoyatlarining o'sganligi kuzatildi. Bular jinoyatchilikdagi sifat o'zgarishlardir. Jinoyatchilikning sabablari g'oyat murakkab mavzulardan biri hisoblanib, insoniyatning ko'p ming yillik tarixida bu salbiy ijtimoiy hodisa odamlarning eng ilg'or qismini har doim tashvishga solib kelgan. Nima sababdan odamlarning muayyan qismi jinoyat sodir qiladi? Jinoyat sodir qilishning sababi qayerda yotadi? Bu muammo fanlarning turli tarmoqlari mutaxassislari tomonidan jiddiy muno-zaralarga sabab bo'lib kelmoqda va hozirgi kunda ham olimlar bu borada bir fikrga kelishgan emas. Jinoyatchilik sabablari to'g'risidagi masalalar «Kriminologiya» darsligining III bo'limida, ya'ni 5 va 6-boblarda batafsil bayon qilingan.

Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling