Mavzu: Suffoziya turlari va namoyon bo'lish shakllari
Download 67.33 Kb.
|
Suffoziya turlari va namoyon bo\'lish shakllari
Yer osti suvlari ta’sirida tog` jinslari massividan mayda mineral (xlorli, sulfat, karbonat tuzlar va b.) zarrachalarining mexanik ravishda yuvilish jarayoni. Suffoziya ko’proq kumli, lyossli va b. dispers jinslarda sodir bo’ladi. Suffoziya massivning tuzilishi va tarkibiga nisbatan: turli tarkibli jinslarning qatlamlarida va bu qatlamlarning ulanish joylarida; tektonik buzilish zonalaridagi darzliklardagi bir jinsli bo’lmagan to’ldirgichlarda; tog` jinslarining ulanish joylarida va sun’iy inshootlar (filtr, drenaj va b.)dan to’kilgan materiallarda rivojlanadi. Tog` jinslari granulometrik tarkibining turlilik darajasini kupayishi, yer osti suvlari harakati tezligining oshishi suffoziyani vujudga kelishiga imkon tug`diradi. Suffoziya tog` jinslari tarkibi va strukturasining o’zgarishiga, ularning g`ovakliligi va suv o’tkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini pasayishiga olib keladi. Natijada ustki qatlam cho’kib, yuqorida diametri 10 m gacha, ba’zan 100—500 m gacha bo’lgan mayda va yirik halqasimon chuqurlar hosil bo’ladi. Suffoziya natijasida yumshagan jinslar tog` yon bag`irlarida ko’chki hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Inshootlar asosidagi tog` jinslarda suffoziya ularning notekis cho’kishiga, shaklini o’zgartirishiga va buzilishiga olib keladi.
Download 67.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling