Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Debet 5000 (5100,5200) – Kredit 6330


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 5000 (5100,5200) – Kredit 6330 
“Sug‘urtalanuvchilardan olingan bo‘nak sug‘urta mukofotlari” 
 
Sug‘urta polisining rasmiylashtirilishi va sug‘urtalanuvchiga 
taqdim etilishi quyidagi provodka bilan hisobga olinadi; 
Kredit 6330 “Sug‘urtalanuvchilardan olingan bo‘nak sug‘urta 
mukofotlari” – Kredit 6280 
Mazkur tarzda provodkalarni amalga oshirish, odatda, sug‘ur-
ta tashkilotlari tomonidan yuklarni sug‘urtalashda amalga oshirila-
di. Chunki mazkur holatda, yuklarni sug‘urtalashda ariza beril-
gandan so‘ng sug‘urta tashkiloti uchun yuklarni ko‘rikdan o‘tka-
zish va tegishli ma’lumotlarni olishi uchun vaqt talab qilinadi. Bun-
day ma’lumotlarga quyidagilarni keltirish mumkin: 
yukning aniq nomi, uning o‘rami og‘irligi va hajmi; 
− konosament va boshqa yuk tashish hujjatlarining sanasi va 
raqamlari; 
− transport turi (dengiz transportida kemaning tonnaji va 
qurilgan yili sanasi); 
− yukni jo‘natish tartibi; 
− yukni jo‘natish sanasi va riskni baholash uchun kerakli boshqa 
ma’lumotlar. 
Ko‘p hollarda sug‘urtalanuvchi barcha savollarga bir vaqtning 
o‘zida javob topa olmaydi. Shu bilan birga, sug‘urta shartnomasi 
to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng kuchga kiradi. Shuning uchun 
sug‘urta tashkilotlari taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlar asosida 
dastlabki sug‘urta mukofotini hisoblab chiqib dastlabki sug‘urta 
shartnomasini tuzishi mumkin. Bunday shartnomaning asosiy sharti 
shundaki, sug‘urtalanuvchi belgilangan vaqt davomida sug‘urta-
lovchiga sug‘urta riski darajasini aniqlash imkonini beruvchi ma’-
lumotlarni taqdim etishi kerak. Ushbu ma’lumotlar taqdim etil-
gandan so‘ng yakuniy sug‘urta mukofoti hisoblab chiqiladi va ya-
kuniy sug‘urta shartnomasi tuziladi.
Agar sug‘urtalanuvchi tomonidan kerakli ma’lumotlar taqdim 
etilmasa, yoki sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini to‘lashni rad 


41 
etsa, sug‘urta shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi va sug‘urta mu-
kofoti qaytarilib beriladi. Bundan tashqari, yakuniy hisoblangan 
sug‘urta mukofoti dastlabki sug‘urta mukofotidan kam bo‘lsa, or-
tiqcha summa sug‘urtalanuvchiga qaytarib beriladi.
Yuqorida keltirilgan tadbirlarni buxgalteriyada aks ettirish 
tartibini ko‘rib chiqamiz. 
Dastlabki sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng sug‘urtala-
nuvchi ma’lum miqdorda sug‘urta mukofotini to‘lashi zarur. Maz-
kur holatda sug‘urta shartnomasining to‘liq rasmiylashtirilmagan-
ligini hisobga olib quyidagi provodkani berish mumkin: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling